• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Sizning matonatingizga tahsin aytamiz!

07 Mart 2025, 14:52 176

Qadrli muhtarama ayollarimiz!

Barchangizni bahoriy ayyom - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etaman!

Ushbu maftunkor bahor kunlarida onalarimiz, buvijon, rafiqa, singil, qizlarimiz hamda hamkasabalarimizga samimiy tilaklarimiz va muhabbatimizni izhor etishdan mamnunmiz.

Sizning betakror go‘zalligingiz, nafosatingiz va mehri daryo qalbingiz, xonadonlarimizni doimo charog‘on etadi. Biz erkaklar butun qalb qo‘ringizni oilaga va farzandlar tarbiyasiga baxshida etish va shu bilan birga hayotning turli sohalarida ulkan muvaffaqiyatlarga erishishdek matonatingizga doimo tahsin aytamiz.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning siyosiy faolligi yil-yilga oshib borayapti. Bugun ular barcha sohalarda o‘z salohiyatini ko‘rsatib, bilim va mahoratini davlat va jamiyat rivojlanishiga, barkamol avlod tarbiyasiga baxshida etib, yuritimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelishmoqda.

Yuksak ma'naviyatli va ma'rifatli ayollarimiz kombinatning eng murakkab jabhalarida ham o‘zini namoyon qilib, zimmasiga yuklatilgan ishga mas'uliyat bilan yondashishadi. Quvonarlisi, bugun kombinatda 200 nafardan ziyod ayollarimiz rahbarlik lavozimlarida mehnat qilishadi va intellektual salohiyati, tirishqoqligi, mahorati bilan ulkan yutuqlarga erishishmoqda.

Mana kuni kecha mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra,

Angren kon boshqarmasi “Ko‘chbuloq” shaxtasi kompressor qurilmalari mashinisti Sanobar Abduvaliyeva “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi. Shuningdek, Axborot xizmati muxbiri, taniqli jurnalist Oysara Dadayeva ham "Mo‘'tabar ayol" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Kombinatda mehnat qilayotgan har bir ayol shunday mukofotlarga loyiq deb bilaman.

Kombinat oldiga qo‘yilgan ustuvor maqsadlardan biri ham xotin-qizlarimiz salohiyatlarini yuzaga chiqarish. Biz bu xayrli ishlarni, xotin-qizlarimiz ezgu maqsadlarini hayotga tatbiq etish, shu jumladan, ayollar gender tengligi masalalariga chuquroq yondashib, barcha shart-sharoitlarni yaratishda davom etamiz.

Kombinat ayollariga va ularning oila a'zolari uchun dam olish hamda sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish ham bizning e'tiborimiz markazida bo‘lib qoladi.

Muhtarama ayollar, qadrli faxriylar, hamshaharlar!

8-mart kuni va umuman hayotingizning har bir kunida yaqinlaringiz va sizni qadrlovchi insonlaringiz doimo sog‘-salomat bo‘lishlarini tilayman!

Barchangizni yana bir bor bugungi bahor va nafosat bayrami bilan samimiy tabriklayman. Sizlarga dunyodagi eng bebaho boylik - oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, farzandlar va nabiralar kamolini ko‘rib yurish quvonchi hamisha yor bo‘lishini tilayman. Qalbingiz doim bugungi bahordek yashnab tursin!

Abdulla XURSANOV,

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi,

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu