Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Eng yaxshi yosh metallurg va HR mutaxassisi aniqlandi

19 May 2026, 8:35 315

Oʻzbekiston Respublika konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan, OKMK boshqaruv raisining tegishli buyrug’iga asosan korxona tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan mutaxassislar o‘rtasida "Eng yaxshi yosh metallurg" kasb-mahorati tanlovi o’tkazildi.

Kombinat Yoshlar ittifoqi Kengashi hamda Texnik bo‘lim hamkorligida tashkil etilgan ushbu tanlov metallurgiya sohasidagi iqtidorli xodimlarni aniqlash, ularning sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kasbga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishni qaratilgan.

Tanlov nizomiga muvofiq 30 yoshdan oshmagan, metallurgiya sohasining turli tarmoqlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega ishchi-xodimlar 2ta shart bo’yicha o’zaro bellashishdi.

Dastavval ishtirokchilar 20ta test savollariga javob berishib, yuqori natijalarni qatd etgan 10 kishi navbatdagi bosqichga yo’l oldi.

Ikkinchi shartda qatnashchilar komissiya a'zolari tomonidan berilgan aniq masalalarga yechim topishib, o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Yakuniy natijalarga ko’ra 3-o’rin 2-mis boyitish fabrikasi vakili Adhamjon Akbaraliyevga, ikkinchi o’rin esa Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish markazidan Mahmudbek Baxtiyorovga nasib etdi.

Markaziy taʻmirlash mexanika zavodixodimi Nikita Rezvix “Eng yaxshi yosh metallurg” deya e’tirof etildi.

Shu kuni “Eng yaxshi yosh inson resurslarini boshqarish xodimi” kasb mahorati tanlovi ham bo’lib o’tdi.

Unda o’z bilim va salohiyatini sinovdan o’tkazmoqchi bo’lgan ishtirokchilar birinchi shartdan 20ta test savollariga javob berishdi.

So’ng, hakamlar hay’ati bilan yuzma-yuz o’tkazilgan savol-javob shartida qatnashchilar tezkor fikrlash, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish borasidagi ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Tanlov so’ngida to’plangan ballar natijasiga ko’ra 3-o’rinni Qalmoqqir kon boshqarmasidan Diyoraxon Ilina, ikkinchi o’rinni Mis eritish zavodi vakili Muhammadjon Ibrohimov egalladi.

Birinchi o’rinni Texnologik transport boshqarmasi xodimi Ulug’bek Mamajonov qoʻlga kiritib, “Eng yaxshi yosh HR xodimi” deya eʻtirof etildi.

O‘tkazilgan ushbu kasb-mahorati tanlovlari kombinatda yosh kadrlar salohiyatini oshirishning muhim omili bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, bellashuvlar iqtidorli yosh metallurglar va inson resurslarini boshqarish bo’yich mutaxassislarni aniqlabgina qolmay, ularning o‘zaro tajriba almashishlari uchun o‘ziga xos maydon vazifasini ham o‘tadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech