• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Tog'-kon ishlari bo'yicha bosh muhandis o'rinbosarining bo'limlari

Tog'-konchilik bo'limi

Bo'lim boshlig'i v.b.:  Tajiyev Umid karimovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz

Asosiy vazifalari:

  • Tog'-konchilik ishlari bo'yicha kon tashkilotlari tomonidan hisobot oyi, yiliga va bashorat ko'rsatkichlari bo'yicha, uzoq davrlarga belgilangan rejalar bajarilishini  o'z vaqtida tashkil etish va ta'minlash.
  • Tog'-konchilik ishlarining belgilangan va tasdiqlangan yo'nalishlarda va tog'-konchilik ishlari hajmida olib borilishi ustidan nazorat o'rnatish.
  • Yer qa'ridan foydali qazilmalarni to'laligicha qazib olishni nazorat qilish, me'yoridan ortiq yo'qotishlar va ko'zda tutilmagan ishlarga yo'l qo'ymaslik, tabiiy boyliklarni muhofaza qilish, balans rudalari va balans orti rudalari va ustki qatlam jinslari to'g'ri joylashtirilishi bo'yicha talablarni bajarish.
  • Ichki imkoniyat, zahiralardan maksimal darajada foydalangan, rivojlangan texnologik jarayonlarni joriy etgan holda ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va tog'-konchilik ishlari samaradorligiga erishishga, tog'-kon o'tish va tozalash ishlari  tannarxini keskin tushirishga va tog'-konchilik ishlari rentabelligini oshirishga ko'maklashish.

 

Marksheyderlik bo'limi

Bosh marksheyder - bo'lim boshlig'i: Umarov Anvar Axmadjanovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz

Asosiy vazifalari:

  • Tabiiy boyliklardan foydalanishda davlat manfaatlarini ta'minlash.
  • Tabiiy boyliklar konlarini ochish to'g'ri olib borilishida, konlarni qurish va qayta jihozlash, bino va inshoatlarni tog'-konchilik ishlarini olib borish davomidagi ta'sirlarda muhofaza qilish yuzasidan ma'muriy va ishlab chiqarish nazoratini o'rnatish.
  • Foydali qazilmalar  konlaridan to'laqonli va kompleks foydalanish va tabiiy boyliklarni saqlanishini ta'minlash.
  • Konlar, bo'yitish va metallurgiya majmualarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarini loyihalashtirish, qurish, qayta jihozlashda, bosh loyihalarni tuzish, yerdan foydalanishda va kombinat istiqbollarini oshirish ishlarida marksheyderlik, geodezik va topografik ishlar o'z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash.
  • Kombinat tomonidan amalga oshirilayotgan marksheyderlik, geodezik va topografik ishlarga yo'nalish berib borish, kombinat marksheyderlik xizmati ishini takomillashtirish va qayta qurollantirish bo'yicha takliflar va loyihalar kiritish.

 

Geologiya bo'limi

Bosh geolog - bo'lim boshlig'i: Avladov Iskandar Buranbayevich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz

Boʻlimning asosiy vazifalari va funksiyalari:

  • Foydali qazilmalarni qazib olish bo'yicha tog'-kon sanoati korxonalarining mineral - xomshyo bazasini mustahkamlash, o'rganilayotgan foydali qazilmalar zaxiralarining ishonchliligini oshirish, foydali qazilmalar konlaridan eng samarali va kompleks foydalanish va yer qa'rini muhofaza qilish;
  • Foydali qazilmalarni qazib olish bo'yicha tog'-kon sanoati korxonalarini loyihalash va rekonstruksiya qilish, shuningdek foydali qazilmalarni qazib olish va yer qa'ridan boshqa maqsadlarda foydalanish bilan bog'liq bo'lmagan er osti inshootlarini loyihalash, qurish va foydalanishdagi ishlarni o'z vaqtida va sifatli geologik jihatdan ta'minlash.
  • Fan, texnika va ilg‘or tajribaning eng yangi yutuqlarini keng joriy etish asosida yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va olib borish usullarini takomillashtirish.
  • Yer qaʼridan foydalanishning belgilangan tartibiga rioya etilishi, yer qaʼrini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarning toʻgʻri olib borilishi, yer qaʼrini muhofaza qilish talablariga rioya etilishi, yer qaʼridan asosiy va boshqa boyliklarning toʻliq olinishini taʼminlash ustidan idoraviy nazoratni amalga oshirish.
  • Kombinatning tog'-kon sanoati tashkilotlarining yuqori samarali ishini tashkil etish.
Bo`lishmoq:
Text to speech