• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mahalliylashtirish dasturi

Mamlakatimizda yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirishning ajralmas tizimini yaratish, faol investitsiya jalb etishni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, xaridorgir mahsulotlarning keng assortimentini rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va respublikaning eksport salohiyatini oshirish maqsadida  2022 yil 24 yanvarь kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to’g’risida”gi №99-sonli qarori  qabul qilindi.

Ushbu qaror ijrosi bo’yicha kombinatda 2023 yil uchun 137 ta loyiha doirasida 321,7 mlrd.so’mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish prognozi tasdiqlangan. Ushbu loyihalar bo’yicha tarmoq jadvali ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Jumladan,

  • po’lat va cho’yandan tayyorlangan ehtiyot qismlar - 71,1 mlrd. so’m;
  • nostandart uskunalar-12,8 mlrd. so’m;
  • GRAT va GRT nasoslari uchun ehtiyot qismlar - 1,3 mlrd. so’m;
  • maydalash uskunalari uchun ehtiyot qismlar - 8,0 mlrd. so’m;
  • tegirmon uskunalari uchun ehtiyot qismlar – 30,2 mlrd. so’m;
  • ekskavatorlar uchun ehtiyot qismlar – 2,7 mlrd. so’m;
  • mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash mahsulotlari (rux oksidi, molibden va volfram metallari, burg’ulash koronkalari, Nodir metallar va qattiq qotishmalar asosidagi mahsulotlar) – 67,1 mlrd. so’m;
  • turli xil mahsulotlar (keramik tigellar, kislotabardoshli kukun, termopara va boshqalar.)- 15,5 mlrd. so’m.

 

Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi $ 19,2 mln.miqdorida xorijiy valyutadagi mablag’larni tejash imkonini beradi.

Mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish kombinatning quyidagi tarkibiy bo'linmalarida amalga oshirilmoqda:

  • Markaziy ta'mirlash-mexanika zavodi;
  • Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo'yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi;
  • Rux zavodi.

 Mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun kombinat tomonidan keyingi yillarda quyidagilar ishga tushirildi:

  • Angren quvur zavodi;
  • Tog’-kon uskunalari ishlab chiqarish sexi;
  • Rux sulfat ishlab chiqarish bo’yicha uchastka;
  • RAM qotishma ishlab chiqarish bo’yicha uchastka;
  • Patronlangan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish bo’yicha uchastka;
  • Markazdan qochma va ventilyatorlari ishlab chiqarish bo’yicha uchastka;
  • Rux oksidi ishlab chiqarish uchastkasi;
  • Nodir metallar va qattiq qotishmalardan tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqarish uchastkasi va boshqalar.

 Mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida yaqin kelajakda quyidagi ishlarni amalga oshirish ko’zda tutilmoqda:

  • Markaziy ta'mirlash mexanik zavodini modernizatsiya qilish, bu esa import asosida xarid qilinayotgan tog'-kon, maydalash-yanchish uskunalariga butlovchi qismlarni va yangi turdagi ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni o'zlashtirish imkonini beradi;
  • Portlovchi moddalar zavodi negizida noelektrik qo'zg'atish tizimlarini ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma korxona tashkil etish.
Text to speech