• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

O'quv markazi

Tarixi

Kombinat xodimlarining kasbiy malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJning 2001-yilning 28-sentabridagi 590k-sonli buyrug‘iga muvofiq, O‘quv markazi 2001-yil 1-oktabrda tashkil topgan.

Kadrlarni o‘qitish - xodimlarni boshqarish jarayonining ajralmas qismi sifatida  2009 yilda, xalqaro sertifikasiyalash organi TUV NORD CERT GmbH qoshidagi TUV CERT tomonidan ISO 9001:2015 talablariga mos kelishi e'tirof etildi.

Faoliyat

O‘quv markaziga, kombinatning alohida tarkibiy bo‘linmasi sifatida sex maqomi berilgan bo‘lib, 150 o‘rinli 5 ta o‘quv xonasidan iborat alohida o‘quv-ma'muriy binoga hamda “Olmaliq KMK” AJ tarkibiy bo‘linmalarida joylashgan 614 o‘rindan iborat 24 ta o‘quv xonasiga ega.

“Olmaliq KMK” AJ O‘quv markazi faoliyati quyidagi 5 ta asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi:

  • Ishchilarni ishlab chiqarishdan ajtratmagan holda o‘qitish sektori;
  • Muhandis-texnik xodimlarni ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda malakasini oshirish hamda tuzilgan shartnomalar asosida ishchilarni ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qitish sektori;
  • Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sektori;
  • Oliy ta'lim muassasalari talabalari va kollej o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini ttashkil qilish sektori;
  • Uslubiy ishlar sektori.

O‘quv markazi faoliyati kadrlar tayyorlash va ularni  o‘qitishning barcha jabhalarini tartibga soluvchi va kombinatda ishlab chiqilgan quyidagi lokal hujjatlarga muvofiq olib boriladi:

  • “Olmaliq KMK” AJning O‘quv markazi to‘g‘risda”gi Nizomi;
  • “Olmaliq KMK” AJ da kadrlar malakasini oshirish va va qayta tayyorlash to‘g‘risida””gi Nizomi;
  • “Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlari” tashkilot standarti;
  • “Olmaliq KMK”AJ uchun O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oliy ta'lim muassasalarida oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash tartibi” tashkilot standarti;
  • “Olmaliq KMK” AJ korxonalarida oliy ta'lim muassasalari talabalarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilish to‘g‘risda”gi Nizomi;
  • “Olmaliq KMK” AJ korxonalarida kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilishto‘g‘risda”gi Nizomi.

O‘qitish ishlarini rejalashtirish

O‘quv markazi tomonidan har yili kombinat bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashning umumiy buyurtma-rejasi ishlab chiqiladi. Bunda tarkibiy korxonalarning rejalashtirilayotgan yilda malakali kadrlarni tayyorlashga, ishchilar, rahbar xodimlar va mutaxassislarning malakasini oshirishga bo‘lgan talab va ehtiyojlari asosida tuzilgan buyurtmalari hisobga olinadi.

Tasdiqlangan buyurtma-reja joriy yilda kadrlarni o‘qitish ishlarini  olib borishga asos bo‘luvchi rahbarlik xujjati hisoblanadi.

Kasbiy o‘qitish tizimi pedagogig kadrlari

Ishchilarini kasblar bo‘yicha o‘qitish ishlariga tarkibiy korxonalarda faoliyat yuritayotgan katta tajribaga, mutaxassisligi bo‘yicha tegishli ma'lumotga, ish stajiga ega va o‘quv kursi mashg‘ulotlari o‘tish uchun malakaviy komissiyalarda o‘rnatilgan tartibda imtixondan (attestasiyadan) o‘tgan muhandis-texnik xodimlar o‘qituvchi sifatida jalb qilinadilar.

Amaliy mashg‘ulotlar ishlab chiqarishda faoliyat yuritayotgan yuqori malakali ishchilar tomonidan olib boriladi.

Ishchilarni ishlab chiqarishda o‘qitish sektori

Sektorning asosiy vazifalari:

  • Kombinat korxonalari ishchi va xizmatchilarini ishlab chiqarishda o‘qitishni tashkil etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
  • O‘quv markazida yoki tarkibiy bo‘linmalar o‘quv xonalarida kombinat korxonalari ishchi va xizmatchilarini kasblarga qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish;
  • “Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi”ning davlat inspeksiyasi tasarrufidagi ob'ektlarda ish olib borishga mas'ul bo‘lgan rahbarlar, mutaxassislar bilimini tekshirish bo‘yicha imtihonlar tashkil etish.

Ishchilarni quyidagi kasbiy ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitiladi:

  • ishchilarni qayta tayyorlash;
  • ishchilar malakasini oshirish.

Ishchilarni kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqarishdan ajratgan yoki ajratmagan holda yakka tartibda yoki kurslarda o‘qitish mumkin.

Ishchilarni  qayta tayyorlash – ularning kasbiy darajalarini kengaytirish hamda  ishlab chiqarish zaruriyati tufayli boshqa yordamchi kasblarni egallash uchun tashkil etiladi. Shuningdek, ishga yangi qabul qilingan va kasbga qayta tayyorlash lozim bo‘lgan ishchilarni ham qayta tayyorlash maqsadida o‘qishlar tashkil etiladi.

Kadrlar malakasini oshirish ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi:

  • kasbiy razryadlarini oshirish maqsadida;
  • kasbiy bilim va ko‘nikmalarni yetarli darajada bo‘lishini ta'minlash maqsadida.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishlari - korxonalar mutaxassislari ishlab chiqqan, bosh mutaxassislar va O‘quv markazi tomonidan  ko‘rib chiqilgan hamda kombinat bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan kasbiy o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.

O‘quv dasturlari – kadrlarni o‘qitishning yo‘nalishi, mohiyati, hajmi va muddatini belgilovchi asosiy xujjatdir.

Kadrlar ma'lum kasbga o‘qitilgach, o‘z korxonalarida faoliyat yurituvchi malakaviy komissiyalarda bilimlar sinovidan o‘tadilar.

Rahbarlar va mutaxassislar malakasini oshirish sektori

Sektorning asosiy vazifalari:

  • Rahbarlar va mutaxassislarni ishlab chiqarishdan ajratgan yoki ajratmagan holda, ishchilarni esa faqat ishlab chiqarishdan ajratgan holda malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;
  • Rahbarlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash.

Rahbarlar va mutaxassislarni o‘qitish ishlari kombinat O‘quv markazida ularni ishlab chiqarishdan ajratmagan holda, respublika, yaqin va uzoq horijiy davlatlarda esa ishlab chiqarishdan ajratgan holda tashkil etilishi mumkin.   

“Olmaliq KMK” AJ kadrlari malkasini oshirishda hamkorlik qilayotgan asosiy ta'lim muassasalari:

  1. Fuqaro muhofazasi instituti;
  2. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi o‘z temir yo‘llariga ega korxonalar xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi;
  3. Geologiya sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti;
  4. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi huzuridagi «Kontexnazorato‘kuv» davlat unitar korxonasi;
  5. «Profresurs» MChJ;
  6. «O‘zstandart» agentligi huzuridagi (Standartlar instituti) «Standartlashtirish, sertifikasiyalash va texnik muvofiqlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasi;
  7. Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti;
  8. Shifokorlar malakasini oshirish instituti.

Har yili kombinat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislaridan o‘rtacha 1500 nafarining malakasi oshiriladi, shu jumladan 400 dan ortiq mutaxassis ishlab chiqarishdan ajratilgan holda malka oshirish markazlariga yuboriladi.

Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash

Kombinat korxonalari ishlab chiqarish texnologiyalari uchun oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash maqsadida, “Olmaliq KMK” AJ O‘zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasining quyidagi yetakchi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilib keladi: 

  • Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali;
  • Milliy tadqiqot texnologiyalari universiteti “MISiS”ning Olmaliq filiali;
  • Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti;
  • Toshkent davlat transport universiteti;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
  • Toshkent arxitektura-qurilish instituti;
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti;
  • Toshkent kimyo texnologiyalari instituti;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
  • Milliy tadqiqot texnologiyalari universiteti “MISiS”ning Olmaliq filiali;
  • Moskva shahridagi “MISiS” Milliy tadqiqot texnologiyalari universiteti.

Oliy ta'lim muassasalari talabalari va kasb hunar kollejlari o‘quvchilari ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish sektori

Sektorning asosiy vazifalari:

  • Oliy ta'lim muassasalari talabalari va kasb hunar kollejlari o‘quvchilarining barcha turdagi amaliyotlarini, korxonalarda o‘tkaziladigan tanishuv ekskursiyalarini tashkil etish va nazorat qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kombinatga biriktirilgan kasb hunar kolleji bilan har tomonlama hamkorlikni tashkil etish.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi 5812-sonli Farmoni asosida “Olmaliq KMK” AJga Olmaliq kon-metallurgiya kolleji biriktirlgan. Farmonda ko‘rsatilgan asosiy maqsad - bu kollej o‘quvchilarining ishlab chiqarish va dimlomoldi amaliyotlarini kombinat korxonalarida o‘tashlarini ta'minlash va bitiruvchilarni ishga joylashtirishdir.

Kasb hunar kollejlarining 1 va 2 bosqich o‘quvchilari  uchun har yili kasbiy tanishuv ekskursiyalari uyushtiriladi va kombinat korxonalari yetakchi mutaxassislari bilan uchrashurlar tashkil etiladi.

Uslubiy ishlar sektori

Sektorning asosiy vazifalari:

  • o‘quv jarayonini uslubiy qo‘llanmalar bilan ta'minlash;
  • kombinat ishchi va mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlari ishlab chiqish, qayta ishlab chiqish va tegishli mutaxassislar tomonidan ushbu dasturlar tasdiqlanishini tashkil etish;
  • o‘quv kursi nazariy mashg‘ulotlariga jalb etilgan mutaxassislar – shtatdan tashqari o‘qituvchilarga va ishlab chiqarishdan biriktiriladigan yuqori malakali ishchilarga uslubiy yordam ko‘rsatish;
  • o‘quv kursi nazariy mashg‘ulotlari mutaxassislari – shtatdan tashqari o‘qituvchilari va ishlab chiqarishdan biriktiriladigan yuqori malakali ishchilar malakasini oshirish;
  • kadrlarni o‘qitish jarayonida ta'lim sifatini nazorat qilish;
  • o‘quv-uslubiy xujjatlar bilan ishlashni nazorat qilish.

Kombinatda tashkil etilayotgan o‘quv jarayonlarini uslubiy jihatdan ta'minlanishga katta e'tibor berilmoqda. O‘quv dasturlari ishlab chiqarishdan boshqa, shtatdan tashqari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta'limi bo‘yicha jalb etiladigan ishchilar bilan kasblar bo‘yicha uslubiyot ishlari bajariladi.

Bugungi kunda 160 dan ortiq kasblar bo‘yicha 300 dan ortiq o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan. Ko‘rgazmali qo‘llanmalar va texnikaviy adabiyotlar yangilanib boriladi.

2005 yildan boshlab, muntazam ravishda ta'lim samaradorligini baholash ishlari olib borilmoqda.

Ta'lim samaradorligi quyida ko‘rsatilgan 4 ta parametr bo‘yicha baholanadi, ya'ni:

  • tinglovchining yakunlangan o‘quv kursidan qanoatlanish darajasini baholash;
  • tinglovchining o‘quv jarayonida olgan bilim va mahoratini baholash;
  • o‘quv kursi yakunida ishchining kasbiy mahoratidagi o‘zgarishlarni baholash;
  • rejalashtirilgan o‘quv ishlarini bajarish, yil davomida o‘quv ishlari barqarorligini ta'minlash, ishchilarning o‘rtacha kasbiy razryadini oshirish.

Markaz boshliq v.b.: Karimov Daniyar Dilmuratovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz

Bo`lishmoq:
Text to speech