"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33
"Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari v.b.
Tarjimai holi
1969-yilda O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
Ma’lumoti - oliy. 1993-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan, ma’lumoti boʻyicha mutaxassisligi - iqtisodiy axborot va avtomat sistemalarini boshqarish.
2007-yilda Qoraqalpoq Davlat Universitetini tamomlagan, ma’lumoti boʻyicha mutaxassisligi –yurisprudensiya.
Mehnat faoliyati
1986-1993 yy. - Toshkent davlat iqtisodiyot instituti talabasi
1987-1989 yy. – Xarbiy xizmat
1996-1999 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Paxta loyihalarini amalga oshirish agentligi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, Moliya, hisob va hisobot boʻlimi boshligʻi, bosh direktor oʻrinbosari
1999-2000 yy. – Yevropa ittifoqining TASIS dasturi Qishloq xoʻjaligi boʻyicha bozor marketingi loyihasi hududiy maslahatchilar guruhi rahbari
2000-2004 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Agrosanoat majmui kotibiyatining qishloq xoʻjaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassisi
2004-2005 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari Axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi
2005-2008 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste’mol tovarlari axborot tahlil departamentining Qishloq xoʻjaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish masalalari sektori mudiri
2009-2011 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining davlat maslahatchisi xizmatining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha yetakchi maslahatchisi
2011-2012 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofilashtirish xizmati moliya-iqtisodiyot sektori yetakchi maslahatchisi
2012-2016 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirining Agrosanoat kompleksini rivojlantirish masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosari
2016-2017 yy. - Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimi
2017-2018 yy. - “Oʻzmetkombinat” AJ Ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi, xodimlar va ijtimoiy masalalar boʻyicha boshqaruv raisi oʻrinbosari
2018-2018 yy. - Toshkent viloyati Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi
2018-2019 yy. - Toshkent viloyati hokimligining Investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha kotibiyat mudiri
2019-2021 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi direktori
2021 y. - h.v. - "Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari v.b.
Vazifalari:
Kombinatning kadrlar siyosatini amalga oshiradi;
oʻz funksional majburiyatlariga muvofiq Kombinat xodimlarini boshqarish sohasidagi ishlarini boshqaradi;
oʻzi nazorat qiladigan boʻlinmalar rahbarlari tomonidan oʻz funksional vazifalarini bajarishlarini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
Ishga qabul qilish, xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish, intizomiy jazo va ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash ishlariga rahbarlik qiladi;
Kombinatda kadrlar zaxirasi yaratilishini taʼminlaydi va nazorat qiladi;
Kombinat xodimlarining kasbiy tayyorgarligi, malakasini oshirish va attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishning moslashuvchan siyosatini amalga oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, uning mazmuni va obroʻsini oshirish, tuzilmalar va xodimlarni ratsionallashtirish, mehnat intizomini mustahkamlash asosida barcha toifadagi xodimlarning mehnat motivatsiyasini oshirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiyinchiliklarga duch kelgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun minimal miqdordagi ish oʻrinlarini tashkil etish va zaxiralash tartibiga rioya qilinishini taʼminlaydi;
Kombinat xodimlari bilan mehnat munosabatlarini muvofiqlashtiradi;
ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish, intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi buyruqlarni, hamda kadrlar masalalari boʻyicha faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan boshqa buyruqlarni imzolaydi;
ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha buyruqlarni imzolaydi;
ishonchnoma va ushbu Nizom doirasida oʻz faoliyatini yuritishni va oʻz funksional vazifalarini taʼminlash maqsadida Kombinat tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida rasmiylashtiriladigan hisob-fakturalar, bajarilgan ishlar (xizmatlar) dalolatnomalari, tovar-moddiy boyliklarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilish va/yoki topshirish dalolatnomalari, loyihalar, smetalarni, hisob-kitob kalkulyatsiyasini, spetsifikatsiyalarni imzolaydi;
shartnomalar (bitimlar, kontraktlar) (shuningdek ularga qoʻshimcha bitimlarni) imzolaydi:
oliy va oʻrta-maxsus va boshqa taʼlim muassasalari talabalari tomonidan ishlab chiqarish, diplom-oldi va boshqa amaliyotlarni oʻtish uchun,
oliy taʼlim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash uchun (boshqaruv raisi bilan kelishilgan holda),
Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning hududidan tashqarisida Kombinat xodimlarini oʻqitish (shu jumladan treninglar, seminarlar, vebinarlar) va ularning malakasini oshirish uchun,
safarbarlik-chaqiruv zahirasida harbiy xizmat oʻtash uchun,
jismoniy shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy tusga ega,
boshqa kadrlar, ijtimoiy va xoʻjalik masalalari boʻyicha,
tibbiy xizmatlar, pochta aloqasi xizmatlari, kommunal xizmatlar va ekspluatatsion xarajatlarni toʻlash;
ishonchnoma va ushbu Nizomda nazarda tutilgan funksional majburiyatlarga muvofiq inson resurslarini boshqarish, ijtimoiy va xoʻjalik masalalarini boshqarish sohasidagi ishlarga rahbarlik qiladi;
Kombinatning noprofil obyektlari oldiga qoʻyilgan istiqbol koʻrsatkichlar va parametrlarning bajarilishini taʼminlaydi;
ishonchnomada va ushbu Nizomda nazarda tutilgan oʻz funksional vazifalarini bajarish faoliyatini taʼminlash maqsadida Kombinat tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida rasmiylashtirilgan hisob-fakturalar, bajarilgan ishlar (xizmatlar) dalolatnomalari, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilish va/yoki topshirish dalolatnomalari, tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish uchun ishonchnoma, loyihalar, smetalar, hisob-kitoblar kalkulyatsiyasi, spetsifikatsiyalarni imzolaydi;
shuningdek bщysinuvidagi boʻlinmalarning kadrlar, ijtimoiy, xoʻjalik va maʼmuriy masalalari boʻyicha chiquvchi va ichki yozishmalarni imzolaydi;
Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, Kuzatuv kengashi, Boshqaruv raisining tezkor va alohida topshiriqlarini belgilangan muddatlarda sifatli bajaradi;
boʻysunuvidagi boʻlinmalarning ijro intizomini taʼminlaydi;
Kombinatning mehnat, ijtimoiy, xoʻjalik va maʼmuriy faoliyati bilan bogʻliq boshqa harakatlarni amalga oshiradi.
Boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari unga yuqorida yuklatilgan vazifalarning bajarilishi hamda Kombinatning mehnat, ijtimoiy, xoʻjalik va maʼmuriy faoliyati uchun javobgar hisoblanadi.