• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Korrupiyaga qarshi barcha murosasiz boʻlishi shart!

07 Iyun 2024, 11:35 925

OKMK Komplaens nazorati xizmati tomonidan kombinat tarkibiy boʻlinmalarida reja jadval asosida Huquqni muhofaza qilish idoralari, kombinat xotin-qizlar va gender tenglik maslahat kengashlari, yoshlar ittifoqi  va kasaba uyushmasi qoʻmitalari bilan hamkorlikda muntazam ravishda turkum profilaktik tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 6 iyun kuni Texnik tizimlar xavfsizligi xizmati mehnat jamoasi ishchi-xodimlari uchun profilaktik targʻibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda ishtirok etgan OKMK Komplaens nazorati xizmati boshlig’i Shuhrat Joʻraev xizmat faoliyati, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi qonunchilik me’yorlari xususida toʻliq ma’lumot berib oʻtdi.

Xabaringiz bor, kuni kecha Prezidentimiz tomonidan «Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida»gi qonunni Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi. Qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi, - deydi Sh.Joʻraev. - Unga davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi, manfaatlar toʻqnashuvi, manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha maxsus boʻlinma, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar kabi asosiy tushunchalar kiritilgan. Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi tomonidan qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazorat ushbu davlat organida yoki boshqa tashkilotda tuzilgan odob-axloq komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Qonunga koʻra, manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi tomonidan mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabarnoma hamda ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Qonunga muvofiq, davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi shaxsga doir ma’lumotlari oʻzgargan taqdirda, ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani toʻldirishi va har yili 15 yanvardan kechiktirmay maxsus boʻlinmaga taqdim etishi kerak. Davlat organiga yoki boshqa tashkilotga ishga qabul qilinayotgan nomzod, shuningdek boshqa ishga oʻtkazilgan xodim ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi belgilangan shakldagi deklaratsiyani toʻldirishi va taqdim etishi kerak.Maxsus boʻlinma ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi har yilgi deklaratsiyani har yili 15 fevralgacha umumlashtiradi va tahlil qiladi. Ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha choralarning yetarliligini (toʻgʻriligini) ta’minlash uchun har yili 1 martga qadar odob-axloq komissiyasiga taklif kiritadi. Odob-axloq komissiyasi tomonidan qabul qilingan xulosaga asosan ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yuzasidan choralar koʻrish toʻgʻrisida davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining bevosita rahbariga yoxud davlat organining yoki boshqa tashkilotning yuqori turuvchi rahbariga taklif kiritadi. Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimligiga nomzod ishga qabul qilinayotganda yoxud davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi boshqa ishga oʻtkazilayotganda, ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etganidan keyin maxsus boʻlinma yuqorida nazarda tutilgan ishlarni 5 kunlik muddatda amalga oshiradi.

Tadbirda ushbu qonuning ijrosini ta’minlash boʻyicha OKMKda Komplaens nazorati xizmati tomonidan yoʻl xaritasi ishlab chiqilayotgani ma’lum qilindi. Joriy yilning may oyida agentlik mutassislari bilan hamkorlikda kombinat faoliyatini yoʻnalishlarini korrupsiyaviy xavf-xatarlarga moyilligi darajasini birgalikda baholandi. Uning natijasida 65 ta funksiyadan 57 tasida  xavf-xatarlar oʻrta va yuqori deb baholandi. Barcha 57 ta yoʻnalish va funksiyalar kesimida kombinatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi. Bundan koʻzlangan maqsad korrupsiyaviy xatarlarni bartaraf etish. Ikkilamchi bosqichda esa ularning oldini olish va yoʻl qoʻymaslik kabi alohida yoʻnalish va tadbirlarni nazarda tutadi. Xizmat tomonidan muntazam ravishda kombinatga ishga qabul boʻyicha e’lonlarni monitoringi olib borilib, ishga qabul qilish bilan bogʻliq jarayonlar boʻyicha shikoyatlar ancha kamayishiga erishildi. Bundan tashqari, kombinat kontragentlarini ham tekshirish yoʻnalishida ham xizmat tomonidan samarali ishlar olib borilayotgan ta’kidlandi.  

Bu kabi tadbirlarni oʻtkazishdan asosiy koʻzlangan maqsad mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar, yoshlar, rahbarlar orasida korrupsiyaga nisbatan toqatsiz muhitni shakllantirish, ularning ruhiyatiga korrupsiyaning har qanday turiga nisbatan murosasizlik kayfiyatini singdirishdan iborat.

Hozirgi axborot texnologiyalari rivojlanib borayotgan paytda korrupsiyaga qarshi kurashishda, axborot texnologiyalari bilan bogʻliq jinoyatlarning oldini olishda Texnik tizimlar xavfsizligi xizmati bilan hamkorlik samarali natijalarni berishi ta’kidlandi.

Axborot xizmati

 

Bo`lishmoq:
Text to speech