Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan raqamli transformatsiya doirasida 2023-yilda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, o‘tgan yilda 34 ta loyiha amalga oshirilib, ularning 12 tasini boshqaruv va biznes jarayonlari yo‘nalishi, 14 tasini ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, 8 tasini kon-transport kompleksi hamda infratuzilma yo‘nalishi tashkil etadi.
Boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish va ish yuritish jarayonini raqamlashtirish maqsadida interaktiv dashbordlar (BI) axborot tizimi yordamida ishlab chiqarish va biznes jarayonini, avtomatlashtirish tizimlardan avtomatik ravishda “onlayn” ma'lumotlarni jamlash va qayta ishlash tezligi 80 foizga oshirildi. 6 ta turdagi qog‘oz hisobotlari elektron shaklga o‘tkazilib, ularni shakllantirish vaqti 3 barobarga qisqardi.
OKMKda qog‘ozsiz ish yuritish (Paperless work) va yagona identifikatsiya tizimi konsepsiyasiga muvofiq, 36 mingdan ortiq xodimlar yangi ID-kartalar bilan ta'minlandi. “E-Talon” axborot tizimi doirasida oyiga 700 mingdan ortiq qog‘oz talon, muhrlash, tarqatish qisqartirilib, hisobot shakllantirish vaqti 7 martaga tezlashtirildi. Shuningdek, “Elektron jurnallar” axborot tizimida 20 ta elektron jurnallar shablonlari yaratilib, ma'lumotlarni tahlil qilish imkonini yaratildi.
OKMK xodimlarini asosiy ish joyidan ajralmagan holda onlayn o‘qitishga mo‘ljallangan “Learning management system” dasturiy ta'minoti ishga tushirilib, 250 dan ortiq onlayn o‘quv kurslari yaratildi va xodimlarni o‘qitish xarajatlari 500 mln so‘m/yiliga qisqartirildi.
Bundan tashqari, loyiha boshqarish (tahlil qilish va nazoratini oborish), raqamli arxiv (qog‘oz sarfi 25 foizga kamaydi), lokal tarmog‘iga ulanishni boshqarish (5 mingdan ortiq qurilmalarni nazorati) tizimlari joriy qilindi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va zamonaviy axborot tizimlarini qo‘llash maqsadida Mis boyitish fabrikasida 27 ta raqamli tenzometrik tarozilari o‘rnatildi. Bu esa texnologik jarayonda ruda vaznini o‘lchash aniqligi 99,8 foizgacha oshirdi. Shuningdek, 7-monoseksiyani texnologik jarayonini avtomatlashtirish doirasida 37 ta dozator nasoslari va 5 ta yangi reagent rezervuarlari sozlanib, ishga tushirish evaziga reagent sarfi 5 foizga qisqardi. Bundan tashqari, bunkerda ruda darajasini nazorat qilish tizimi joriy etilib, tegirmonlarni bo‘sh ishlash holati 90 foizga kamaydi, rudadan mis ajratish darajasi 85 foizga chiqarildi.
Shuningdek, MBFda texnologik jarayonlarida ishtirok etuvchi asosiy qurilmalari diagnostika tizimi (avariya holatlarini erta oldini olish evaziga to‘xtashlar sonini kamaytirish) hamda ruda-suv jarayonini avtomatlashtirish (suvni tejash yiliga 1,8 mln kubni tashkil etadi) pilot tarzda ishga tushirildi.
Mis eritish zavodida “Metso-Outotec” va “Engineering Dobersek” kompaniyalari bilan birgalikda Vanyukov pechi va Sulfat kislota sexining nazorat va o‘lchov asboblarining uzluksiz ishlashi ta'minlandi.
Atmosferaga zararli chiqindilarni va gazlarni me'yoridan ortiq chiqib ketishini oldini olish maqsadida, zavod va fabrika hududlarida 22 dona gazoanalizatorlar o‘rnatildi. Natijada atrof-muhitga chiquvchi chiqindilar nazorati kuchaytirildi va tahlil qilish imkoniyati yaratildi.
Xondiza boyitish fabrikasida tegirmonlarni avtomatik boshqaruvini (SAU-3M) joriy qilish doirasida barcha nazorat va o‘lchov asboblari yangilandi. Natijada navbatdan tashqari to‘xtashlar (1 mlrd so‘m/yiliga) oldi olindi.
Issiqlik elektr stansiyasi 5-qozon va 3-turbogeneratorning nazorat va o‘lchov asboblarini modernizatsiya qilish doirasida 12 mVt/soatiga (12 mln so‘m) elektr energiya ishlab chiqarish jarayonini barqaror ishlashi ta'minlandi.
Transport faoliyatini samaradorligini oshirish hamda infratuzilmani rivojlantirish doirasida “Qalmoqqir” va “Yoshlik-I” konlarida kon-transport boshqaruv tizimining 1-navbati yakuniga yetkazilib, 54 ta avtosamosval, 20 ta ekskavator va 5 ta burg‘ulash texnikalardan maxsus apparat vositalari orqali ma'lumotlarni “onlayn” shaklda jamlash va qayta ishlash yo‘lga qo‘yildi.
Avtotransport va logistikani boshqarish tizimini ekspluatatsiyaga topshirish evaziga 1000 dan ortiq avtotransport va texnikalardan foydalanish samaradorligi 4 foizga oshirilishi, natijada yiliga 6,1 mlrd so‘m iqtisod qilish kutilmoqda.
Temiryo‘l transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash ishlarini boshqaruv tizimi doirasida 540 dan ortiq vagon-samosvallarga 1800 RFID teglari o‘rnatildi. Temiryo‘llar bo‘ylab RFID teglarini nazorat qilish va o‘qish uchun 30 ta shkaf o‘rnatilib, muhandis-texnik xodimlari 77 ta mobil qurilmalari bilan ta'minlandi. RFID texnologiyasi asosida har bir temiryo‘l transporti bosib o‘tgan masofani aniq hisobga olish va shu ma'lumot asosida avtomatik tarzda texnik ko‘rik va ta'mirini rejalashtirish, ularni sifatli amalga oshirish hisobiga xarajatlar yiliga 10 foizga (7,3 mlrd so‘m) qisqarishi kutilmoqda.
“Antison” monitoring tizimi tajriba-sinov tariqasida ishga tushirilib, haydovchi tomonidan sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalar sonini 50 foizga kamayishi, “Yoshlik-I” konida yangi raqamli radiostansiya (100 ta transport va 40 ta xodim radioaloqa bilan ta'minlandi) va “Kochbuloq”, “Semguron” hamda “Qayrag‘och” shaxtalarida IP telefoniya (10 km optik tola aloqa liniyalari) yotqizildi.
OKMKda 2023-yilda biznes va texnologik jarayonlarni raqamlashtirish hamda ularni maqbullashtirish evaziga 224 mlrd so‘m iqtisod qilindi. Shuningdek, ishchi resurslari, vaqt sarfi, 170 dan ortiq hujjat turlari raqamlashtirilib, 1,3 mln dan ortiq varaq tejaldi.
OKMK Axborot texnologiyalari departamenti