Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-332024-yilda OKMKda raqalashtirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Axborot xavfsizligi siyosati va hujjatlarini Xalqaro ISO/IEC 27000 standartiga muvofiqlashtirish ishlari yakuniga yetkazilib, 27 hujjatlar ishlab chiqildi.
Axborot xavfsizligi bo‘limi tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, kombinat tarkibiy bo‘linmalari xodimlari uchun o‘quv seminarlari tashkil etildi.
Imtiyozli foydalanuvchilar nazorati va monitoringi tizimi (PAM -Privileged Access Management) doirasida maxsus dasturiy ta'minoti yordamida OKMK axborot tizim va resurslarida ishlayotgan foydalanuvchilar (administratorlar) harakatlari auditi va ruxsatsiz kirishdan himoya qilish tizimi tashkil qilindi.
Yer osti kon ishlarini operativ rejalashtirish avtomatlashtirilgan tizimini joriy etilmoqda. Dasturiy ta'minot litsenziyalari o‘rnatilib, ekspluatatsion modellarni tuzish va laboratoriya axborot tizimi bilan integrasiya ishlari amalga oshirilmoqda. Natijada Angren kon boshqarmasining kon ishlarini uzoq, o‘rta va qisqa muddatli rejalashtirishni, qazib olinadigan ruda hajmining hisobotini va kon uskunalarini jalb qilish jadval dinamikasini tuzish va tahlil qilish imkoniyati yaratiladi. Operatsion xarajatlar 2 foizga kamayib, ish samaradorligi 5 foizga oshishi kutilmoqda.
Laboratoriya ma'lumotlarini boshqarish tizimi (LIMS) joriy etilib, “Qalmoqqir” kon boshqarmasi va Markaziy analitik laboratoriyasi o‘rtasida barcha sinov namunalarini ro‘yxatga olish va natijalar (analiz) hisobini elektron shakllantirish yagona axborot makoni yaratildi. Tizim yordamida namunalarining natijalarini yetkazib berish vaqti qisqartirildi va 20 ta qog‘oz hisobotlari raqamlashtiriladi.
Mis eritish zavodi va 2-Mis boyitish fabrikasining mnemosxemalari (SCADA) to‘liq yangi tizimga o‘tkazildi va qo‘shimcha texnologik jarayonlar ma'lumotlarini tahlil qilish imkoniyati yaratildi.
2-Mis boyitish fabrikasida bunkerlar ruda darajasini taqsimlash maqsadida 4 ta lazer datchiklari va 4 ta zamonaviy tarozilari o‘rnatilib, telejkani onlayn nazorat qilish va tegirmon bunkenrlarini ruda bilan bir me'yorda ta'minlash imkoniyatlari yaratildi.
Xonjiza boyitish fabrikasida TJBTA yuqori darajadagi uskunalarni modernizatsiyasi doirasida boshqaruv javonlari (4 ta), nazorat va o‘lchov asboblari (250 ta) hamda kontrollerlar (Siemens) to‘liq yangilanib, dasturiy ta'minoti Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi tomonidan yaratiladi.
“Elektron jurnallar”, “Yashil makon”, “Xatarlarni boshqarish”, “Topshiriqlarni bajarilishini nazorat qilish”, “Fuqarolarning murojaatlarini ro‘yxatga olish”, “Operativ ishlab chiqarish hisoboti” kabi axborot tizimlari ishga tushirildi.
Ma'lumotlarni va analitik hisobotlarni onlayn tahlil qilish “Interaktiv dashboardlar (Power BI)” tizimi joriy etildi.
Axborot xavfsizligini oshirish maqsadida Korporativ tarmoqqa qurilmalarning ulanishini boshqarish tizimini joriy etish (NAC) natijasida barcha foydalanuvchi va qurilmalarni (5000 dan ziyod) markazlashgan nazorati yo‘lga qo‘yildi.
Markaziy apparatda ma'lumotlarni uzatish tarmog‘i modernizatsiyasi doirasida 14 km aloqa kabeli yotqizilib, 12 ta boshqaruv kommutatorlari o‘rnatilib, sozlandi. Natijada ma'lumotlar almashinuvi tezligi 10 barobarga oshirildi va tarmoq xavfsizligi ta'minlandi.
“Qalmoqqir” va “Yoshlik-I” konlarida kon-transport boshqaruv tizimi doirasida ma'lumotlarni qayta ishlash markazida 8 ta server qurilmalari o‘rnatilib, ma'lumotlarni saqlash hajmi 290 TBga kengaytirildi.
Markaziy apparat ma'lumotlarni uzatish tarmog‘i to‘liq modernizatsiya qilindi, 1S:ERP (Performance) axborot tizimi takomillashtirildi va 3 barobarga ishlash barqarorligi oshirildi.
Muhandislar maktabini tashkil etish loyihasi doirasida alohida Avtomatlashtirish mutaxassislarni o‘qitish bo‘yicha o‘quv dastur va qo‘llanmalar ishlab chiqildi. Hozirda MBF, MBF-2, MEZ, IChAB dasturchilarini Siemens va AVEVA (Schneider Electric) avtomatlashtirish tizimlarida ishlash bo‘yicha qisqa muddatli o‘qitish tashkil etildi.
Shuningdek, Mis eritish zavodida 4 ta o‘quv stendlari (2 ta ASUTP, 1 ta erituvchilar, 1 ta apparatchilar) o‘rnatilib, mis kompleksi mutaxassislarni qisqa muddat ichida texnologik jarayonlarni boshqarishning ham nazariy, ham amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish imkonini beradi.
Mis eritish zavodida 15 dona «Gaussmetr» qurilmasi o‘rnatilib, qisqa tutashuvlarni aniqlash va operativ chora ko‘rish imkoniyati yaratildi. Qisqa tutashuvlarni tezkor aniqlash hisobiga, mis katodini tayyor bo‘lishiga ketadigan vaqtni 5 foizga qisqartirish erishildi.
“Qalmoqqir” va “Yoshlik-I” konlarida kon-transport boshqaruv tizimi joriy qilinmoqda.
Xususan, 107 ta avtosamosval, 47 ta ekskavator, 26 ta burg‘ilash texnikasi, 147 ta yordamchi texnikalar maxsus texnik apparat vositalari (planshet, GPS/Glonass trekkerlari va sensorlar) bilan jihozlandi. Bu ma'lumotlarni “onlayn” shaklda jamlash va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish ishlarini amalga oshiriga zamin yaratdi.
“Yoshlik-I” konida ekskavator-avtosamosval operativ boshqaruv tizimi ishga tushirildi. Bunda tizim avtomatik ravishda avtosamosvallarga yo‘nalishni belgilaydi. Burg‘ilash ishlarini elektron rejalashtirish va burg‘ilash texnikasi planshetiga yuborish, shuningdek, rejaga asosan amalga oshirilgan ishlarni “onlayn” nazorat tizimi 4 ta uskunada ishga tushirildi va sozlash ishlari amalga oshirilayapti. Konlarda marksheyderlik ishlarini tezkorlikda amalga oshirish uchun 2 ta uchuvchisiz uchish qurilmalari (dron) ishga tushirilib, qurilmalardan foydalanish bo‘yicha mutaxassislar malakasi oshirildi. Loyihani to‘liq ishga tushirish natijasida tog‘-kon jinsini tashish hajmi 10 foizgacha oshirish kutilmoqda.
Elektr dvigatellarni ta'mirlash uchun “ARM EnRS” axborot tizimi IChAB dasturchilari tomonidan yaratildi. Mazkur axborot tizim yiliga 7000 ta qog‘oz shaklidagi ta'mirlash buyurtmalarini raqamlashtirish, 7000 ta kombinat dvigatellari tahlilini olib borish imkonini yaratadi, shuningdek, ta'mirlash vaqti 2 barobarga optimallashtiriladi.
Mis eritish zavodida avtomatlashtirilgan tezkor dispetcherlik nazorati tizimi (ASODK) uskunalarni nazorat qilish, favqulodda holatlarni kuzatish va energiya resurslarini hisobga olish imkonini berib, jarayonlarni boshqarishni yaxshilaydi. Tizim real vaqt rejimida ma'lumotlarni aks ettiradi, ularni arxivlaydi va tezkor qaror qabul qilishga yordam beradi. ASODKni joriy etish uskunalarning to‘xtab turish vaqtini 40 foizga qisqartiradi, jarayonlarni nazorat qilishni 80 foizga yaxshilaydi, xavfsizlikni 10 foizga oshiradi va elektr energiyasini tejaydi.
Mis boyitish fabrikasida markazdan qochma konsentratori (Knelson XD20) montaj-sozlash ishlari amalga oshirilib, Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish nazorati xizmati dasturchilari tomonidan maxsus algoritm asosida dasturiy ta'minoti ishlab chiqildi. Ushbu kompleks foydali qazilmalar konsentrasiyasini darajasini 90 foizga oshirish imkoniyatiga ega.
OKMKda sun'iy intellekt tizimlarini rivojlantirish maqsadida “Qalmoqqir” va “Yoshlik-I” konlarida kon-transport boshqaruv tizimi doirasida ma'dan o‘lchamlarini nazorat qilish, ekskavator kovshining tishlarini nazorat qilish hamda haydovchilarning charchoqlarini kuzatish funksionallari ishga tushirildi.
Mis boyitish fabrikasida ma'danni boyitish jarayonida video analitika Mashina ko‘z nazorati pilot loyihasi joriy etilmoqda. Natijada metallarni ajratib olishni barqarorlashtirish va reagent nisbiy sarfini optimallashtirish 2 foizga erishiladi.
Kirib kelgan 2025-yilda ham raqamlashtirish borasida bir qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Xususan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 2025-yilda biznes va texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish, boshqaruv va operasion sohasini optimallashtirish doirasida 30 dan ortiq loyiha va tashabbuslar portfeli ishlab chiqildi. Jumladan, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va modernizatsiya qilish 12 ta, IT infratuzilma va kommunikatsiyani rivojlantirish 7 ta, axborot resurslari va tizimlarini ishlab chiqish 7 ta, korporativ va axborot xavfsizligi yo‘nalishida 4 ta loyihalar rejalashtirildi.
Raqamlashtirish departamenti
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: