• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ratsionalizatorlik g‘oyalari – taraqqiyot omili

09 Fevral 2022, 15:10 1696

Sir emaski, yuk tashish jarayonida eng maqbul logistika va transport yo‘nalishlarini doimiy ravishda takomillashtirishni talab qiladi. Bu borada Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, “Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi markaziy yo‘l uchastkasini modernizasiya qilish” investisiya loyihasini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda. Fevral' oyining boshida “Olmaliq KMK” AJ logistika va temiryo‘l transporti bo‘limi tashabbusi bilan kombinatga “Ozodlik” stansiyasi orqali kiruvchi va chiquvchi yuklarning marshrutini o‘zgartirish bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun texnik qaror qabul qilindi. Ushbu taklif OKMK rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, uni amaliyotga joriy etish vazifasi belgilandi. Mazkur taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan texnologik yuklarni barqaror qabul qilinishi ta'minlanib, 2040-yilgacha uch baravargacha o‘sishi kutilayotgan yuk tashish hajmini qabul qilish, hamda yiliga 6,7 mlrd. so‘m mablag‘ini iqtisod qilish imkoniyati tug‘iladi.

Bundan tashqari, OKMK logistika va temiryo‘l transporti bo‘limi boshlig‘i Umar Mavlyanqulovning ma'lum qilishicha, mahsulotlar tannarxini kamaytirish, olib kelinadigan rudalarni va texnologik yuklarni yetkazib berishda avtotashuvlar masofasini qisqartirish maqsadida “Chodak kon boshqarmasining tovar-moddiy boyliklarini “Pop” temiryo‘l bekatidan “Temiryo‘lobod” bekatiga tashish marshruti sxemasini o‘zgartirish” nomli rasionalizatorlik taklifi ham berilgan. Mazkur taklifga ko‘ra, Chodak kon boshqarmasidan 12 km uzoqlikda joylashgan “Temiryo‘lobod” temiryo‘l bekatining ombor xo‘jaligi ko‘chirilishi ko‘zda tutilgan.

Chodak koni boshqarmasidan yuk tashish temir yo‘l orqali jo‘nash bekatidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Pop” bekatigacha, keyin “Pop” bekatidan Chodak koni boshqarmasining omborlarigacha tashish masofa oralig‘i 70 km bo‘lgan yo‘l orqali avtotransport yordamida amalga oshirib kelinar edi.

Shuningdek, Chodak kon boshqarmasining mavjud dovon bazasi yuklarni, shu jumladan yarim usti ochiq vagonlarni (poluvagon) ommaviy qabul qilish uchun mo‘ljallanmagan. Chunki ikki tomonlama tushirish uchun mo‘ljallangan bunkerlar bo‘lmagan. Ushbu temir yo‘ldan tashqari, temir yo‘lning R-43 markali relslar yordamida yig‘ilgan shpal panjaralari ma'naviy va texnik jihatdan eskirgan.

Ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar o‘z vaqtida tashkil etildi. Zarur miqdordagi yo‘l qurilishi texnikalari ajratildi. Temir yo‘l infratuzilmasi qurilishini o‘z vaqtida yakunlash uchun zarur ish qobiliyatiga ega shtat birliklari, temir yo‘l montajchilari, markaziy signalizasiya, bloklash va aloqa mutaxassislari, hamda kombinatning boshqa mutaxassislari ham jalb qilindi.

Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida tashish masofasi 58 kmga qisqaradi va yoqilg‘i-moylash materiallarini (dizel' yoqilg‘isi, shinalar va boshqalar) iqtisod qilinishiga erishiladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyihaning ishga tushirilishi natijasida yiliga taxminan o‘rtacha 500,0 mln. so‘m mablag‘ tejaladi. Shuningdek, kombinat ehtiyojlari uchun quyidagi texnologik yuklarni temir yo‘l transportida tashish rejalarini o‘z vaqtida ta'minlash imkoniyatini yaratadi.

Jumladan, Kovuldi konidan yiliga 24 000 tonna ruda tashish imkonini beradi. Bundan tashqari, yiliga 1920 tonna ohak, 480 tonna suyuq xlor, 960 m3 yog‘och materiallari, 480 tonna po‘lat sharlar, 120 tonna sement, 200 tonna qum, sheben va boshqa tovar-moddiy boyliklarni o‘z manziliga yetkazish imkonini beradi.

Bugungi kunga kelib mazkur ob'yekt qurilishi yakunlanib, o‘rnatilgan tartibda ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlar tayyorlanmoqda.

Shu bilan birga, mavjud temir yo‘l uchastkalarini modernizasiya qilish ishlari yana davom ettiriladi.

Sherzod Tilovberdiyev,

Veb-muharrir

Bo`lishmoq:
Text to speech