• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Elektr uskunalarini taʼmirlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi elektromonter

18 Yanvar 2024, 16:51 2639

“Olmaliq KMK” АJ Mis boyitish fabrikasi elektr uskunalarini taʼmirlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi elektromonter lavozimiga rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik ish haqi – MBF ishchilarining belgilangan shtati soat tarif stavkasiga asosan aniqlanadi.
  • Talab qilinadigan ish staji: kasbi bo‘yicha kamida 1 yil.
  • Bandligi: to‘liq ish kuni.

Majburiyatlari

  • Elektrotexnik xodimdan elektr uskunalarni ekspluatatsiyaga kiritish yoki ekspluatatsiyadan chiqarish uchun topshiriq (naryad-ijozat) olish;
  • Elektr uskunalarini taʼmirlash va xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish (taqsimlash korobkalarini, himoyalagich shitlarini, yoritish apparatlarini, elektr uskunalarini qisman bo‘laklarga ajratib, changlardan tozalash, elektr detallarni artish va yuvish, o‘rnatish va taʼmirlash);
  • Kabel maxsulotlarini joylashtirish (kontaktlar va kontaktlar yuza qismini tozalash, bo‘laklarga ajratish, birlashtirish, izolyatsiyalash, kavsarlash, o‘rnatiladigan simlar va kabellarni yotqizish);
  • Elektr uskunalarni ulash va uzish, oddiy o‘lchov ishlarini bajarish (qarshilikni megommetr bilan o‘lsash va tekshirish);
  • Isteʼmolchilar elektr uskunalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga, ichki ishlab chiqarish tartibi qoidalariga, korxonaning ichki normativ xujjatlariga amal qilish;

Qo‘yiladigan talablar:

  • maʼlumoti: yo‘nalishi bo‘yicha oliy yoki o‘rta-maxsus ta’lim;
  • malakasi: elektromonter, elektr uskunalarini taʼmirlash va xizmat ko‘rsatish kasbi bo‘yicha kamida 1 yil;
  • malakaviy guruxi II dan kam bo‘lmaganligini tasdiqlovchi guvoxnoma;

Asosiy ko‘nikmalari:

  • elektrdvigatellarni, generatorlarni, transformatorlarni, kommunikatsiya va ishga tushiruvchi rostlash apparatlarini, akkumulyatorlar va elektr jixozlar tuzilishi va ishlash prinsipida;
  • elektrotexnik maxsulotlarning turlari va vazifalarida;
  • bajarilayotgan ishlar doirasida elektr uskunalarni o‘rnatish va taʼmirlash qoidalari va usularida;
  • ishlatilayotgan nazorat-o‘lchov asboblarini qo‘llanish qoidalari, nomlanishi va vazifalarini shuningdek ishlab chiqarishda ish joylarini tashkillashtirishda asosiy maʼlumotlarni qo‘llashda;
  • ishlarni bajarishda mexnat xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi meʼyorlariga amal qilishda.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida
    2024-yil 19-yanvardan 24-yanvargacha quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • pasport;
    • mehnat daftarchasi;
    • diplom (guvohnoma).

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech