• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

O‘lchov vositalari va maxsus asbob-uskunalar nazoratchisi

25 Yanvar 2024, 8:49 4098

2024-yilning 25-yanvaridan 31 yanvariga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Markaziy metrologiya laboratoriyasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

Oylik ish haqi:

  • “Olmaliq KMK” AJ Markaziy metrologiya laboratoriyasining shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi.

Kerakli ish tajribasi:

  • Ish tajribasi talab etilmaydi

Toʼliq bandlik:

  • to‘liq kun

Malakaviy talablar:

Metrologiya yoki asbobsozlik mutaxassisligi bo‘yicha oliy maʼlumot.

Vazifalari:

  • Ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash boʻyicha qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar, uslubiy va meʻyoriy materiallarni bilish (metrologiyaning qonuniy asoslari);
  •  Ishlab chiqarishni metrologik qoʻllab-quvvatlashni tashkil etishni bilish;
  •  O‘lchov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish, foydalanish, ta’mirlash, sozlash, qiyoslash, sozlash va oʻlchash vositalarini saqlash boʻyicha standartlar va boshqa meʻyoriy hujjatlar bo’yicha bazaviy bilimlarga ega bo’lish;
  • qiyoslash nuqtalarining xatoliklarini xisoblash formulalari, kattaliklarni boshqa birlikga o‘tkazish, namunaviy o’lchov vositalarini mos ravishda tanlash;

Аsosiy ko‘nikmalari:

  • kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash (Microsoft Office);
  • ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
  • ofis jihozlaridan foydalanish;
  • ish sifatini nazorat qilish;
  • matematik hisob-kitoblarni amalga oshirish.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • pasport;
    • mehnat daftarchasi;
    • diplom.

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech