• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Nanotexnologiyalar, kompozit va istiqbolli materiallar laboratoriyasi muhandisi

25 Yanvar 2024, 11:45 654

2024-yilning 26-yanvaridan 4 fevraliga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik ish haqi “Olmaliq KMK” AJ uchun yagona tarif stavkasiga muvofiq belgilanadi
  • Talab qilinadigan ish tajribasi: muhandislik-texnik lavozimlardagi mutaxassislik bo'yicha kamida 3 yil
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Vazifasi:

  • Yangi istiqbolli texnologiyalarni topishga yo'naltirilgan qidiruv tadqiqotlarini o'tkazish.
  • Tematik ish rejalari loyihalarini ishlab chiqish va laboratoriya bo‘limi mudiriga taqdim etash
  • Ishlab chiqarishning texnik darajasini, mahsulot sifatini oshirish, import qilinadigan xomashyo va materiallarni mahalliylashtirish maqsadida korxonada yangi ilmiy ishlanmalarni joriy etishda ishtirok etish;
  • Boshqarma tomonidan bajarilgan va ishlab chiqarishga joriy qilingan ishlardan maksimal iqtisodiy samara olish
  • Sog'liqni saqlash va xavfsizlikni boshqarish tizimining ish tartibida saqlanishi va doimiy ravishda takomillashtirilishini ta'minlash.
  • Barcha jihozlarning ishga yaroqlilik holatini kuzatish
  • Xizmat ko'rsatadigan qurilmalarni yaxshi holatda, muammosiz va ishonchli ishlashni saqlash, ularning to'g'ri ishlashini nazorat qilish, o'z vaqtida ta'mirlash

Talablar:

  • Maʼlumot - “Metallurgiya”, “Kimyoviy texnologiya”, “Yangi materiallarning materialshunoslik texnologiyasi” yoʻnalishlari boʻyicha oliy texnik maʼlumot, ilmiy darajaning mavjudligi.
  • Mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-texnik lavozimlarda kamida 3 yil ish tajribasi.
  • Davlat va rus tillarini ravon bilish (chet tilini bilish tavsiya etiladi.)

Malaka talablari:

  • Ilmiy tadqiqot ishlari sifatini nazorat qilishni amalga oshirish.
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini baholash.
  • Ilmiy tadqiqot rejalari, dasturlarini ishlab chiqish.
  • Ilmiy tadqiqotlarning iqtisodiy samaradorligini hisoblash.
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish usullari;
  • Yangi texnologiyalarni ishlab chiqish.
  • Shaxsiy kompyuter foydalanuvchisi darajasida ishlash

Shartlar:

  • Kelgusida ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzodning oylik maoshi va ijtimoiy nafaqalarini oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi;
  • Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • pasport;
    • mehnat daftarchasi;
    • diplom.

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech