• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Telekanal operatori

26 Dekabr 2023, 12:49 1655

“Olmaliq KMK” АJ Аxborot xizmati telekanal operatori lavozimiga rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik ish haqi - «Olmaliq KMK» АJ tarif setkasi boʼyicha aniqlanadi;
  • Kerakli ish tajribasi: talab etilmaydi;
  • Ish bilan taʼminlash: toʼliq ish kuni.

Vazifalar:

  • Videotasvirga olish;
  • Yuqori sifatli tasvirlarni taqdim etash;
  • Safarda, voqea joyida va bevosita studiyada tasvirga olingan videomateriallarning zarur soni va sifatini ta’minlash;

Talablar:

  • Maʼlumoti: oʻrta maxsus;
  • Ish staji hamda ushbu yoʻnalishda maxsus diplomga ega bo’lishi talab etilmaydi;
  • Koʻnikmalar:

- videotasvirga olish;

- videouskunalarni sozlay bilish;

- kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, videomontaj qilishni bilish;

- ishda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;

- telekanal uskuna va jihozlaridan foydalanish.

Аsosiy qobiliyatlar:

  • Videotasvirga olish jarayonida muhim kadrlarni tanlay bilish;
  • Koʻrsatuv yoki tasvirga olish ob’ektlarini tanlashda ishtirok etish, videokameralarni joylashtirish joylarini belgilay olish;
  • Video qurilmalar bilan ishlay olish;
  • Video tahrirlash tajribasi;
  • Тopshiriqlarni oʼz vaqtida bajarish, yuzaga kelishi mumkin boʼlgan muammolarni hal qilish;
  • Мuloqot qobiliyati, harakatchanlik, kreativlik, stressga chidamlilik, punktuallik.

Shartlar:

  •  hamkorlikning keyingi shartlari ish jarayonida muhokama qilinadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini taʻminlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida 2023 yil 26 dekabrdan 2023 yil 31 dekabr kunlari quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123  orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • diplom;
  • mehnat daftarchasi (bor boʻlsa)

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon ma’lumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Ma’lumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga quyidagi elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar): stop.corruption@agmk.uz .

Bo`lishmoq:
Text to speech