Call-markaz
Ishonch telefoni
Joriy yilning 21-22 sentyabr kunlari Samarqand shahrida MDH davlatlarining “Yer qa'rini qidirish, foydalanish va muhofaza qilish” bo‘yicha Hukumatlararo kengashning XXVI sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining topshirig‘i bilan "Olmaliq KMK" AJ homiylik mablag‘lari hisobidan joriy yilning aprel oyida Parkent tumani, Qiziltog‘ shaharchasi, "Fayzobod" mahallasida joylashgan "Chotqol" madaniyat markazi binosini mukammal ta'mirlash ishlari boshlangan edi.
Mis eritish zavodi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati kon qazib olish, boyitish, qayta ishlash kabi ishlab chiqarish jarayonlarining yakuniy hal qiluvchi bosqichida turuvchi muhim xalqadir.
“Olmaliq KMK” AJning “Qalmoqqir” va “Yoshlik I” karyerlari bazasidagi kon transportlari komplekslari va burg‘ulash-portlatish ishlarini, shu jumladan, tog‘-kon-geologiya axborot tuzilmalarini avtomatlashtirilgan tarzda boshqarish tizimini joriy etishga kirishildi.
OKMK boshqaruv raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari A.Azizov Fransiyada elektr energiyasi samaradorligi va avtomatlashtirish bo‘yicha kompleks yechimlarni ishlab chiqish hamda yetkazib berish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan hisoblangan Schneider Electric kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.
Kuni kecha Chodak kon boshqarmasida mustahkamlovchi kasbida ishlovchi ishchilar oʻrtasida "Eng yaxshi mustahkamlovchi" kasb mahorat tanlovi boʻlib oʻtdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining asosiy tarkibiy bo‘linmalaridan sanalgan Rux zavodidagi texnologik ishlab chiqarish jarayoniga Energetika sexi mas'ul desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
“Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasining 1-bosqichini amalga oshirish doirasida ayni paytda 3-Mis boyitish fabrikasi qurilishi bilan parallel ravishda uskunalarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Ayni kunlarda mamlakatimizda “O‘zbekistonda Germaniya iqtisodiyoti kunlari” konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiya doirasida bugun Germaniyaning savdo sanoat palatasi tashqi savdo bo‘yicha bosh ijrochi direktori, boshqaruv kengashi a'zosi Folker Trayer boshchiligidagi delegatsiya Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurdi.
Rangli va qora metallarni qazib olish bo‘yicha yer osti kon ob'yektlarining qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan investitsion loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda xom ashyo bazasini oshirishni ta'minlash maqsadida bundan roppa-rossa o‘n yil oldin tashkil etilgan “Olmaliq KMK” AJ Shaxta qurilish boshqarmasi o‘z faoliyatining ilk yillaridan boshlab hozirgi kungacha investisiyaviy dasturlarning asosiy ijrochisi sifatida nom qozonib kelmoqda.
Kuni kecha OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi molibden yarim tayyor mahsulotlari pirometallurgiya sexi ishchi-xodimlari o‘rtasida kiberxavfsizlik va jinoyatchiliklarga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Joriy yilning 6-sentyabr kuni esa Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) vakillari OKMKda bo‘lishdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahalilylashtirish dasturi samarali amalga oshirib kelinmoqda.
Joriy yilning 8-10 sentyabr kunlari poytaxtimiz Toshkent shahrida sportning jangovar turlaridan sanalgan Shotokan karate-do turi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 8-sentyabr kuni “Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va “Olmaliq KMK” AJ ning 2023-yil 25-yanvar sanasidagi № 0087-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Qalmoqqir kon boshqarmasiga qarashli “Yoshlik-1” koni Shimoliy-G‘arbiy Baliqti karyerida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda FM tuzilmalari va FVDT quyi tizimining harakati” mavzusida maxsus taktik o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi.