Call-markaz
Ishonch telefoni
Bundan 70 yil avval, aniqrog‘i 1955-yil 1-aprel kuni sex sifatida o‘z faoliyatini boshlagan Sanoat suv ta'minoti boshqarmasi mehnat jamoasi kombinat ishlab texnologik ishlab chiqarish zanjirida muhim ahamiyat kasb etadi.
Dunyoning ilg‘or kompaniyalarining kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ta'lim metodologiyalari asosida faoliyat yuritib kelayotgan OKMK O‘quv markazining Muhandislik maktabida nafaqat kombinat ishchi-xodimlari malaka oshirishmoqda balki xorijlik mutaxassislar ham o‘qitilmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahalliylashtirish dasturi samarali amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 1-chorak natijalariga ko‘ra, dastur doirasida 93 ta loyiha bo‘yicha 312,4 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, prognoz 104%ga bajarildi. Import o‘rnini bosish samaradorligi esa 24 mln dollarni tashkil qildi.
1-chorakda OKMKda ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti borasida ham barcha prognozlarning bajarilishi ta'minlandi.
Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Mazkur tashabbuslarni ijrosini ta’minlash maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan “Kombinat gavharlari” tanlovi tashkil etilib, joriy yilning 8-aprel kuni tanlovning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 8-aprel sanasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Samaradorlik reytingi boʻyicha hisobotlarni baholashning yakuniy natijalari rasman e’lon qilindi.
Ma'lumki, mamlakatimizda aprel oyining birinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Sana munosabati joriy yilning 7-aprel kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati geologiya sohasi vakillarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2025-yilning 1-choragida barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishiga erishildi.
2025-yil I chorak davomida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga kelib tushgan murojaatlar bo'yicha ma'lumot.
Kuni kecha kombinat oʻquv markazi yana bir oliy taʼlim dargohi - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi va markaz qoshida "Innovatsion menejment" kafedrasi fililali tashkil etildi.
Ma'lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati “Dolzarb bir oylik” safarbarligi doirasida Toshkent viloyati Chinoz tumaniga ham biriktirilgan bo‘lib, mazkur tumanda salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Respublika iqtisodiyotiga salmoqli hissa qoʻshuvchi yirik loyihalar amalga oshirilayotgan OKMKga dunyoning koʻplab taniqli kompaniyalari oʻzlari uchun ishonchli hamkor sifatida qarashmoqda.
Joriy yilning 4-aprel kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamkorligida “Milliy qadriyatlar va islohotlar: an'analar va yangilanishlar” mavzusida forum o‘tkazildi.
Transport xalq xo‘jaligining muhim tarmog‘idir. Aholining turmush farovonligini oshirish, jismoniy hamda yuridik shaxslarga yuklarni tashish xizmatini takomillashtirish, yuk tashish xavfsizligi va sifatini zamonaviy iqtisodiyot talablariga mos keladigan darajaga yetkazish vazifalari “Olmaliq KMK” AJ Avtomobil transporti boshqarmasiga qarashli 2-avtokorxonada o‘ziga xos tarzda yo‘lga qo‘yilgan.
Dunyo boʻylab hamkorlik chegaralarini kengaytirib borayotgan OKMK koʻplab xalqaro miqyosdagi kompaniyalar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni mustahkamlab kelmoqda. Xususan, Germaniya davlatining “GP Gunter Papenburg AG” konserni va kombinat oʻrtasida turli yoʻnalishlarda bir necha yillik qoʻshma loyihalar mavjud.