Call-markaz
Ishonch telefoni
Angren Kon Boshqarmasi obyektlarida "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" doirasidagi tadbirlar muntazam o'tkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 27-mart kuni 2-Mis boyitish fabrikasida jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek, ishchi-xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
Bahor fasli - borliqning uyg‘onish, yangilanish faslidir. Ko‘klam kelishi bilan hamma joylarda obodonlashtirish, ko‘chat va gul ekish ishlari boshlanadi.
Joriy yilning 25- va 29-mart kunlari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida tarixiy voqea ro‘y berdi. “Yoshlik I” koni ma'danlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan 3-Mis boyitish fabrikasining yirik maydalash sexida yuklama bilan sinov jarayonlari o‘tkazildi.
Kuni kecha Texnologik transport boshqarmasi Transport sexlarida mehnat qilayotgan muhandis-texnik xodimlar va ishchilari o‘rtasida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida raqamlashtirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 26-mart kuni “Metallurg” madaniyat saroyida “Xodimga ish haqi to‘lash va unga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Ma'lumki, “Yer vaqti (kuni)” kuni munosabati bilan joriy yilning 26-mart kuni mamlakatimizda “Sayyoramiz soati” respublika aksiyasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Manfaatlar to‘qnashuvi bu shaxsning bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaati mansab (xizmat) majburiyatlarini obyektiv va xolis bajarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi yoki shunday ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyat hamdir. O‘z vaqtida bunga qarshi keskin kurashilsa, ya’ni manfaatlar to‘qnashuviga chek qo‘yilsa, korrupsiya barham topadi, ish faoliyatida o‘zgarish, rivojlanish bo‘ladi.
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan kuni kecha Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi, Rux zavodi, 2-mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi va Avtomobil transport boshqarmasi kabi korxonalarning oshxonalari, ish taqsimlash xonalari, tibbiyot punktlari, kiyim almashtirish xonalari hamda yuvinish xonalarida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
2025-yil 18-mart kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida markaziy арраrаt, tizimosti kоrхоnalar rahbarlari va komplayens xizmati mas’ul xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tadbir o‘tkazildi.
Joriy yilning 11-14-mart kunlari Moskva shahrida Moskva Xalqaro boyituvchilar Kongressi(MXBK-2025) bo‘lib o‘tdi.
Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi tomonidan kombinat tarkibidagi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi sohasiga oid normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini ta'minlash yuzasidan muntazam nazorat-profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 12-18-mart kunlari Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha yevrokomissari Yozef Sikela Markaziy Osiyoning 5 ta mamlakatiga tashrif buyurdi. Komissar mintaqa davlatlari orasidagi so‘nggi kunlarni O‘zbekistonda o‘tkazdi.
Ma'lumki, ayni paytda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan mega loyiha sifatida e'tirof etilayotgan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi asosida 3-mis boyitish fabrikasining qurilishi jadal sur'atlarda davom etmoqda.