Ilm-fan bo'yicha bosh muhandis o'rinbosari bo'limlari va xizmatlari
ILM-FAN VA INNOVATSIYALAR BOʻLIMI
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz
Boʻlimning asosiy vazifalari va funksiyalari:
- Kombinatning tarkibiy boʻlinmalarining ilmiy-texnik mahsulotlarga boʻlgan ehtiyoji oʻrganiladi va ularning ichidan potensial buyurtmachilarni aniqlaydi;
- Kombinatning innavatsion faoliyati yuzasidan ilmiy amaliy anjumanlar, davra suxbatlari, seminarlar va konferensiyalar tashkil etadi va oʻtkazadi;
- Ilm-fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini izlash va ishlab chiqarishga oʻz vaqtida joriy etish, yangi ilmiy-texnik yutuqlarni joriy etish hisobiga ishlab chiqarish xajmining oshishini ta’minlash va kombinat korxonalarining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilash;
- Ilmiy-texnik yutuqlarni patentlash va ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarni roʻyxatga olishni ta’minlash boʻyicha ishlarni amalga oshiradi;
- Kombinatning ishlab chiqarish korxonalarining muammolari roʻyxatini shakllantiradi va hal qilish uchun mahalliy va xorij ilmiy muassasalarini jalb qiladi;
- Innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va joriy etishda, shu jumladan har yili oʻtkaziladigan innovatsion yarmarkalarda mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish shartlarini rasmiylashtirishni ta’minlaydi;
- Shartnomalarning bajarilishini va keyinchalik ishlab chiqarishga joriy qilinishini nazorat qiladi;
- Ilmiy tadqiqotlar, innovatsion loyihalarning olib borilishini nazorat qiladi, ilmiy texnik axborot masalalari bilan shugʻullanadi;
- Ilmiy-texnikaviy axborotni tahlil qiladi va ishlab chiqadi, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini oʻrganadi va ishlab chiqarishga joriy qiladi;
- Konferensiyalar va innovatsion yarmarkalarda kombinatning ilm-fan yoʻnalishidagi yutuqlari va innovatsion loyihalar boʻyicha taqdimotlar oʻtkazadi;
- Ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarini olib boradi;
- Innovatorlar va ixtirochilar byurosi (BRiZ) faoliyatini tashkil etadi.
- Olingan ratsionalizatorlik va ixtirochilik takliflarning hisobini yuritadi va ularni tizimlashtiradi;
- Tashkiliy-texnik tadbirlar prognozlarini tayyorlash, ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari, resurslardan oqilona foydalanish, shu jumladan kombinat ishlab chiqarishida moddiy resurslarni tejash ishlarini tashkil etadi;
- Ishlab chiqarishning texnik darajasi va tashkil etilishini doimiy ravishda oshirish, texnologik jarayonni takomillashtirish, ilmiy-texnikaviy axborot masalalari bilan shugʻullanish maqsadida togʻ-kon va transport korxonalarida, boyitish, metallurgiya va kimyo ishlab chiqarishida ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini tashkil etadi;
- Kombinat texnik kutubxonasi ishini tashkil qiladi va nazorat qiladi;
- Yuqori tashkilotlarning hujjatlari, kombinat rahbariyati va bevosita rahbarning buyruqlari, koʻrsatmalari, farmoyishlarini oʻz vaqtida nazorat qiladi va bajarilishini ta’minlaydi;
- Yuqori tashkilotlarga sifatli va oʻz vaqtida hisobot berilishini ta’minlaydi.