• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ishlab chiqarish bo'yicha bosh muhandis o'rinbosari bo'limlari va xizmatlari

ISHLAB CHIQARISHNI MUVOFIQLASHTIRISH BO'LIMI

Boʻlim boshligʻi: Artikxujaev Ramil Rafiljanovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz

Boʻlimning asosiy vazifalari va funksiyalari: 

  • Ishlab chiqarishni bir maromda ishlashini va tayyor mahsulotning rejaga asosan ishlab chiqishni ta’minlaydi;
  • Kombinat korxonalari uchun ishlab chiqarish dasturlari va kalendar jadvallarini ishlab chiqish boʻyicha rahbarlikni amalga oshirish, shuningdek, ularga rejalashtirilgan davr mobaynida oʻzgartirisnlar kiritadi;
  • Kombinat boʻlinmalari ishini tezkor tahlil qiladi (kunlik, oʻn kun, oy va boshqalar);
  • Kombinat omborhonalarida xom-ashyo zaxiralarini yaratish va ularning bir maromda ishlashi uchun zarur boʻlgan materiallar va yoqilgʻi bilan ta’minlash ishlarini nazorat qiladi;
  • Ishlab chiqarish dasturining bajarilishini nazorat qiladi va boshqaradi (oylik, oʻn kunlik, kunlik);
  • Ishlab chiqarish jadvallari, ishlab chiqarishdagi hajm va sifat boʻyicha topshiriqlarni, shuningdek, tezkor topshiriqlarni korxonalarga yetkazadi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, ishlab chiqarish jarayoni buzilishining oldini olish boʻyicha tezkor choralar koʻradi;
  • Kombinat boʻlinmalari ishini tezkor tahlil qiladi;
  • Kombinat uskunalarini kapital ta’mirlash jadvallariga muvofiq olib borilishini tezkor nazorat qiladi;
  • Ishlab chiqarish korhonalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, ishlab chiqarish jarayoni buzilgan holda va avariyalarni bartaraf etishda korhonalarga tezkor yordam koʻrsatadi;
  • Tezkor masalalar boʻyicha savdo boʻlimi bilan, shuningdek, ishlab chiqarishning uzliksiz ishlashini ta’minlash uchun texnik, tog‘-kon, transport va boshqa boʻlimlar (xizmatlar) bilan hamkorlik qiladi;
  • Kombinatning dispetcherlik ish jadvallarini (kon, boyitish, metallurgiya, transport korxonalari, mahsulot sotish, yuk olish, asosiy uskunalarning toʻxtashi) va ishlab chiqarish jarayonining buzilishlarini tahlil qiladi;
  • Ishlab chiqarish jadvallari buzilishi mavjud boʻlgan korxonalar mutaxassislar va rahbarlarini chaqirib tezkor choralar koʻradi;
  • Kombinat rahbariyatining tezkor topshiriqlarining bajarilishini nazorat qiladi, topshiriqlarning buzilish sabablarini aniqlaydi va tahlil qiladi.

 

ISHLAB CHIQARISH NAZORATI BOʻYICHA BYURO

Byuro boshligʻi: Isayev Alisher Rustamovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz

Byuroning asosiy vazifalari va funksiyalari:

  • Kombinatning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini taʼminlash;
  • Tegishli xizmatlar tomonidan zarur sinov va koʻriklar, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnika qurilmalari, binolar va inshootlar diagnostikasi oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • Kombinatning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya va noxush hodisalarning oldini olishga, shuningdek, ehtimol tutilgan avariya va noxush hodisalarning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslikka hamda ularning oqibatlarini tugatishga shaylikni taʼminlash;
  • Kombinatning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi holatini takomillashtirishga hamda avariyalar va noxush hodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
  •  Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi ekspertizasi oʻtkazilishi boʻyicha ishlarni tashkillashtirish;
  • Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish ishlarini tashkillashtirish;
  • Texnologik intizomga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Bo`lishmoq:
Text to speech