• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Achilov Murodbek Maxmadjanovich

"Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining tijorat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Tarjimai holi:

1988-yili Toshkent shahrida tug’ilgan.

Ma’lumoti – oliy. 2011-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini va 2016-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – informatika va axborot texnologiyalari, bank ishi.

MEHNAT FAOLIYATI

2007-2007 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kapital qurilish boshqarmasi Loyihalarni boshqarish, qurilishni texnik kuzatish boʼlimi 1-toifali mutaxassisi

2007-2011 yy. - Toshkent axborot texnologiyalari universitetini talabasi

2010-2011 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʼl jamgʼarmasi huzuridagi «Hududiy avtomobil yoʼllarini rivojlantirish» Osiyo taraqqiyot banki loyihasini amalga oshirish guruhi ofis administratori

2011-2015 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik vakolatxonalarga xizmat koʼrsatish boshqarmasi «AMK Management Services GmbH & Co.KG» shirkati vakolatxonasining menedjeri

2015-2018 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi Umumiy boʼlimida turli lavozimlarni egallagan

2018-2021 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import shartnomalarni kompleks ekspertiza qilish markazi» DUK mutaxassisi va yetakchi mutaxassisi lavozimlarni egallagan

2021-2023 yy. - «Olmaliq KMK» АJ Moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasi 1-toifali mutaxassisi va Moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari vazifasini bajaruvchi

2023-н/v. - «Olmaliq KMK» АJ Boshqaruv raisining Tijorat masalalari boʼyicha oʼrinbosari 

Vazifalari:

  • Kombinat tijoriy faoliyatiga funksional vazifalari bilan muvofiqlashtirilgan holda rahbarlik qiladi;
  • Quyidagi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining funksional vazifalarini bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi: Moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi, tovar bozori kon'yunkturasini o‘rganish bo‘limi, metallurgiya xom ashyosi bilan ta'minlash va sotish boshqarmasi, "Neft mahsulotlari ta'minoti" boshqarmasi va unga bo‘ysunadigan boshqa xizmatlar/bo‘limlar;
  • mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini nazorat qiladi;
  • kombinatning uzluksiz ishlashida xom-ashyo va materiallarni yetkazib berishni ta'minlaydi va nazorat qiladi;
  • xalqaro shartnomalar doirasida imzolangan mahsulotlar importi bo‘yicha ikki tomonlama bitimlarning bajarilishini ta'minlaydi;
  • korporativ xarid qilish bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni), shu jumladan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarni import qilish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni baholash va tanlash uchun tanlov komissiyasiga rahbarlik qiladi.
Text to speech