"Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari
Tarjimai hol:
1981-yilda O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
Ma’lumoti – oliy. 2004-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini tamomlagan, Daniyaning Orxus universitetida moliya va xalqaro biznes yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan. Orxus texnika kollejini IT-dasturchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
MEHNAT FAOLIYATI
2000-2004 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi
2005-2007 yy. - Orxus universiteti talabasi, Daniya
2006-2019 yy. – Daniyaning Maersk A/S, “DONG Energy A/S”, “Carlsberg A/S”, “Implement consulting group”, “Vestas A/S”, “Danfoss A/S” kabi kompaniyalarida moliya va biznes-loyihalarni avtomatlashtirish sohasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.
2019-2020 yy. - Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
2020-2022 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari
2022- h/v - Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari (Shief Digital Officer)