• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Ishmuhamedov Zohidjon Baxtiyorovich

"Olmaliq KMK" AJ investitsiya va kapital qurilish departamenti direktori

Tarjimai hol:

1974 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahrida tugʻilgan.

Ma’lumoti – oliy. 1997 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, ma’lumoti boʻyicha mutaxassisligi - xalqaro iqtisodiy munosabatlar.  2006 yilda jahon banki dasturi (MBA) boʻyicha iqtisodiy rivojlanish markazini (AQSh) tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

1991-1996 yy. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi

1996-1997 yy. – Evropa Ittifoqi komissiyasi  TASIS dasturi loyihasining iqtisodiy masalalar boʻyicha konsultanti.

1997-2001 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yevropa Ittifoqi komissiyasining (O'zByuroEIK) texnik koʻmaklashishni muvofiqlashtirish byurosining bosh mutaxassisi, konsultanti.

2001-2002 yy. – Yevropa Ittifoqining "Shurtan GXK" NXK "O'zbekneftgaz" DUK uchun oʻquv dasturini tashkil etish boʻyicha komissiyasi TASIS loyihasi rahbari, Qarshi sh.

2002-2012 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentining xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xorijiy investorlar bilan ishlash masalalari boʻyicha guruhning yetakchi mutaxassisi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi

2012-2018 yy. – "Oʻzbekkoʻmir"AJ bosh direktorining iqtisodiyot va moliya boʻyicha birinchi oʻrinbosari

2018-2019 – "Olmaliq KMK"AJ boshqaruv raisining istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosari

2019-2020 yy. –  Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi

2020-2023 yy. –  Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy xalq Respublikasidagi vakolatxonasi direktori (Pekin shahri)

2023-2024 yy. –   "Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining istiqbolli rivojlantirish va investisiyalar boʻyicha oʻrinbosari

2024 - h.v. - "Olmaliq KMK" AJ investitsiya va kapital qurilish departamenti direktori

Vazifalari:

  • Kombinatning investitsion faoliyati yuzasidan ishlarga funksional vazifalariga muvofiq holda rahbarlik qiladi;
  • Quyidagi tasarufdagi korxonalar rahbarlari tomonidan funksional vazifalari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi va nazorat qiladi: kapital qurilish boshqarmasi, investitsiyalar departamenti, loyiha ishlari boshqarmasi, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, shuningdek kombinatning tasdiqlangan tashkiliy tuzilmasiga asosan boshqaruv raisining istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosariga boʻysinuvchi boshqa tasarufdagi boʻlinmalar, boʻlim/xizmatlariga;
  • Loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida ishlarni muvofiqlashtirib boradi, Kombinatni rivojlantirishning asosiy konsepsiyasi doirasida qabul qilinayotgan qarorlar va amalga oshirilayotgan harakatlar muvofiq holatini nazorat qilib boradi;
  • Biznes, bozorning yangi yoʻnalishlarini oʻzlashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
  • Kombinatni texnik va ma’muriy jihatdan modernizatsiyalash boʻyicha loyihalarni ishlab chiqadi;
  • Rivojlanishning samarali strategiyasi va Kombinatning rivojlantirish rejasining asosiy boʻlimlarini ishlab chiqadi;
  • Kombinatning moliyaviy, ishlab chiqarish va tijorat koʻrsatkichlari asosida kombinat investitsion siyosatining konsepsiyasini ishlab chiqadi.
  • Hisob-fakturalar, bajarilgan ish(xizmat)lar dalolatnomalari, tovar(ish,xizmat)larni qabul qilish yoki topshirish dalolatnomalari, tovar modiy boyliklarini qabul qilish boʻyicha dalolatnomalar, kombinat faoliyatini taʻminlashga xizmat qiladigan, istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladigan funksional vazifalari bajarilishi va kombinat tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida rasmiylashtiriladigan loyihalar, smeta, kalkulyatsiyalarni imzolaydi.
  • Quyidagi hujjatlar, shartnomalar va bitimlarni imzolash huquqiga ega(kafolat xatlarini istisno qilgan holda): loyiha va investitsion loyihalarni amalga oshirishga taalluqli, tasdiqlangan manzilli qurlrishlar roʻyxatiga kiritilgan, shuningdek, loyihaoldi va loyiha-tadqiqot, qurilish-pudrat, konsalting va qurilish sohasidagi boshqa xizmat va ishlarga; investitsion loyiahalarni jalb etilish va ularni amalga oshirish masalalariga; yangi loyihalar tadqiqot va joriy etilishiga; ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnikalarni, texnologiyalarni, mexanizatsiya va avtomatlashtirishni  joriy etish va qayta ishlashga boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari – bosh muhandis bilan qat’iy kelishilhan holda; boshqaruv raisining istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosariga boʻysunuvchi tarkibiy boʻlinmalar bilan bevosita aloqador chiquvchi korrespondensyalarga;
  • "Olmaliq KMK" AJ investitsiya va kapital qurilish departamenti direktori vaqtincha boʻlmagan davrda uning vakolatini – "Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining iqtisodiyot, moliya va transformatsiya bo‘yicha birinchi o‘rinbosariga, yoki kombinat boshqaruvi raisining buyrugʻi bilan vaqtincha tayinlangan boshqa shaxs amalga oshiradi.
Text to speech