Call-markaz
Ishonch telefoni
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashining 2024 yil uchun tasdiqlangan ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash hamda davlatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida OKMKda “Ayolga ehtirom” haftaligi o‘tkaziladi.
2024-yil “Olmaliq KMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi mehnat jamoasi uchun quvonchli yangiliklar bilan boshlandi.
Joriy yilning 27 fevral kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashkil topganligining 75 yilligi hamda atoqli shoira Zulfiya tavalludi va 8 mart - “Xalqaro xotin qizlar bayrami” munosabati bilan “Olmaliqmetallurgqurilish” trestida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasida mahalliylashtirish dasturi doirasida 2023 yilning o‘zida 209 turdagi import o‘rnini bosuvchi temir yo‘l transporti ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi. Natijada esa 21,7 mlrd so‘m mablag‘ tejalishiga erishildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasida mahalliylashtirish dasturi doirasida 2023-yilning o‘zida 209 turdagi import o‘rnini bosuvchi temir yo‘l transporti ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi.
Sulfat kislotasi ishlab chiqarish jarayonlari metallurgiya sohasining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanib, u bir nechta murakkab texnologik bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
“Olmaliq KMK” AJning Mis boyitish fabrikasi mamlakatimizdagi bunday yo‘nalishdagi yirik korxona hisoblanadi.
Temir yo‘l sohasi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 28 sentyabrdagi 504-sonli “Transport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyat tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, Transport vazirligi qoshidagi O‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temir yo‘l transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazida malaka oshirishlari belgilangan.
Bugun OKMK Ma'naviyat va ma'rifat kengashi tashabbusi bilan “Metallurg” madaniyat saroyida o‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 109 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha tashkil etildi.