Call-markaz
Ishonch telefoni
Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlarning o‘zaro serqirra hamkorlik munosabatlari axborot sohasida ham tobora kengayib, qo‘shma loyihalar ijrosida o‘z aksini topib bormoqda.
Xabaringiz bor, ayni paytda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasini ishga tushirish ishlari jadal sur'atlarda olib borilayapti. Loyiha doirasida “Yoshlik-1” koni uchun bir qator zamonaviy texnologik kon transport vositalari olib kelinmoqda.
Joriy yilning 22-may kuni ertalab taxminan 09:00 larda 6,2 balli yer silkinishi oqibatida Neft mahsulotlari ta'minoti boshqarmasining markaziy ombor hududida 2-raqamli hajmi 1000 m kub bo‘lgan sig‘imning ost qismi yorilib ketadi. Natijada yoqilg‘i mahsuloti oqib, yong‘in yuzaga kelgan va 2 nafar ishchi jarohatlanadi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasini ishga tushirish ishlari davom etmoqda. Loyiha doirasida “Yoshlik-1” koni uchun bir qator zamonaviy texnologik kon transport vositalari olib kelinmoqda. Kuni kecha konga transport xizmatini ko‘rsatib kelayotgan Texnologik transport boshqarmasi texnoparki yana ikkita zamonaviy avtogigant bilan boyidi.
...1966-yil 26-aprel kuni soat 5:23da Toshkentda dahshatli zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila o‘chog‘idagi silkinish magnitudasi 5,2, episentrdagi yer yuzasida seysmik ta'sir esa 8 balldan ortiq, chekka joylarda 6 ballni tashkil etdi.
“Olmaliq KMK” AJ texnologik ishlab chiqarish zanjirida har bir korxonaning o‘ziga xos o‘rni bor. Kombinatni bir butun mexanizm, deb oladigan bo‘lsak, har korxona esa uning ajralmas murvatlaridir. Ishlab chiqarish zanjirida uzviy bir bo‘lagi sifatida qaraladigan Sanoat suv ta'minoti sexi faoliyati muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kombinat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida bevosita texnik suvning o‘rni beqiyos hisoblanadi.
Ayni davrga kelib raqamli iqtisodiyotning dunyo miqyosida tutgan o‘rni va uning rivojlanish tendensiyalari taraqqiyot pallasiga kirgan. Iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish nafaqat bevosita axborot kommunikatsiya tarmog‘ini, balki mamlakatimiz iqtisodiy faoliyatining barcha sohalarini ham qamrab oladigan keng qamrovli tendensiyaga aylanib bormoqda.
Joriy yilning 29-may kuni Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida “Favqulodda vaziyatlar, favqulodda holatlarning oldini olish va birlashmada yong‘in xavfsizligini ta'minlash – asosiy vazifa!” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan bolajonlar uchun ajoyib tuhfalar hozirlandi.