Call-markaz
Ishonch telefoni
Olmaliqning qadimiy mahallalaridan bo‘lgan Nakpaysoyda tug‘ilib, o‘sgan Abdiqul aka mana 37 yildirki buldozer haydaydi. Kombinatimizning 75 yilligi arafasida “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan qahramonimizning aytishicha, halollik va oddiylikda gap ko‘p.
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan sanatoriy-profilaktoriy xodimlari o‘rtasida “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Mis eritish zavodi Kamyob metallar ishlab chiqarish sexi tomonidan joriy yilning 12-noyabr kuni bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha prognozlarni muddatidan avval bajarishga erishildi.
Bugungi kunda ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini kamaytirish, mahsulot tannarxini tushirish bo‘yicha kombinat tarkibiy bo‘linmalarida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, mutaxassislar tomonidan ushbu ishlarni amalga oshirish uchun taklif etilayotgan innovatsion takliflar qo‘l kelmoqda.
“Olmaliq kon-metallrugiya kombinati” AJ Mis eritish zavodi Kamyob metallar ishlab chiqarish sexi tomonidan bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha prognozlar muddatidan avval bajarishga erishildi.
OKMKning shonli sanasi - 75 yilligi munosabati “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan qahramonimiz - darg‘a metallurglardan biri Bahrom Asqarov bilan bo‘lgan suhbatimiz otasi bilan bog‘liq xotiralar bilan boshlandi...
Joriy yilning 15-oktyabr kuni mamlakatimiz rahbarining Toshkent viloyatini rivojlantirish vazifalari yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishida Angren, Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Piskent va Ohangaron tumanlarining viloyat sanoatidagi ulushini yanada oshirish hamda kombinat import mahsulotlari hajmini kamaytirish maqsadida ushbu hududlarda yangi loyihalarni ishga tushirish lozimligi ta’kidlanib, ushbu loyihalarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarishni kooperatsiya va klaster asosida tashkil etish uchun mutlaqo yangi tizim – “Sanoat uchburchagi” dasturini tayyorlashga qaror qilingani aytib o‘tilgan edi.
Issiqlik elektr markazi nafaqat Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, balki shahrimiz energetika tizimida muhim ahamiyat kasb etuvchi korxonalardan biri hisoblanadi.
Har qanday ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy soha obyektlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish, moddiy boyliklarni asrash hamda ishchi-xizmatchilar xavfsizligini ta'minlashda soha xodimlari tomonidan o‘tkazib kelinayotgan o‘quv-taktik mashg‘ulotlarning ahamiyati beqiyos.
Joriy yilning 28-oktyabrdan 08-noyabriga qadar MTTU MISiS Olmaliq filialida "Konchilikda axborot texnologiyalari" fanidan "Datamine Studio OP" dasturiy ta'minotini qo‘llash bo‘yicha kirish kursi" bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.