Call-markaz
Ishonch telefoni
Sevimli futbol jamoamiz OKMK kecha Osiyo chempionlar ligasining pley-off o‘yinida Qatarning Al-Arabi jamoasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, o‘z tarixida ikkinchi bor guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ishchi-xodimlar va mas'ul rahbarlar o‘rtasida murojaatlar yuzasidan muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Xabaringiz bor, OKMK boshqaruvi raisi A.Xursanovning 2022-yilning 31-avgustdagi buyrug‘iga ko‘ra, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 22 avgust kuni Buyuk Britaniya davlat kotibining parlament o‘rinbosari, eksport vaziri Malkolm Offord boshchiligida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Timoti Smart, savdo va investitsiya masalalari bo‘yicha mas’ullar va bir qator yetakchi kompaniya vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Tojikiston Respublikasining “Tamoxush” mas'uliyatli cheklangan jamiyati tomonidan Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga yuborilgan 5,0 kg miqdoridagi vanadiy besh oksidi olinishi bilan birlashma mutaxassislari vanadiy metallini olish maqsadida darhol ishga kirishishdi.
Yangi O'zbekiston gazetasining 2023-yil 25-avgustdagi 171-sonida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning "Zanjir" mukammal ishlasa, natija kuttirib qo'ymaydi" nomli maqolasi bilan tanishishingiz mumkin.
Joriy yilning 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan, “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili” davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida "Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan an'anaga aylanib qolgan “Kasaba uyushmalari – bolalarga” ijtimoiy aksiyasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2023-yil 1-apreldagi "Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi Krasnogorsk shaharchasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 70-sonli yig‘ilish bayonining 10-bandida bir qator vazifalar belgilangan.
Kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni e'lon qilindi.
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida Hisob palatasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda 30 dan ortiq vazirlik va idora, xalqaro ekspertlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, moliyaviy boshqaruvni raqamlashtirish hamda korrupsion risklarni kamaytirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha idoralararo seminar o‘tkazildi.
Xabaringiz bor, Prezidentimizning Farmoniga ko‘ra, mamlakatimizning 32 yilligi munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining bir guruh ishchi-xodimlari ham mukofotlandi.