Call-markaz
Ishonch telefoni
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida yuqori mehnat samaradorligiga erishilayapti. Ayniqsa, transport sohasiga so‘nggi yillarda raqamlashtirishning joriy etilishi iqtisodiy samara bermoqda.
Bugun “Metallurg” madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya-xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Mis eritish zavodi sexlarining texnologik uskunalarida o‘tkaziladigan kapital va joriy ta'mirlar uchun ehtiyot va butlovchi qismlarni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi Ta'mir-mexanika sexi korxona tashkil etilgan 1963-yildan beri faoliyat yuritib keladi. Dastlab, Metallurgiya sexining bo‘linmasi sifatida faoliyat yuritgan ushbu ish uchastkasi ishlab chiqarish quvvatlari ortishi bilan mustaqil sex maqomini oldi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport bo‘yicha barcha prognozlari bajarildi.
Dunyo mamlakatlarida sanoatning rivojlanishi, aholi sonining ortib borishi, iqtisodiyotning jadal o‘sishi energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyoj va talabning oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Ma'lumki, 2030-yilgacha kombinatni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanib, amalga oshirilmoqda. Ushbu konsepsiya doirasida ““Yoshlik-1” konini” o‘zlashtirish investitsiya loyihasi amalga oshirilib, ushbu megaloyiha doirasida 3-Mis boyitish fabrikasini qurish ishlari jadal sur'atlarda davom etayapti.
Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi mehnat jamoasi 2023-yil 11 oy davomida yuqori mehnat samaradorligiga erishdilar.
Yangi O‘zbekiston gazetasining bugungi sonida "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning Mis eritish zavodining 60 yilligiga bag‘ishlangan "TARIXI QADIMIY, KELAJAGI YoRQIN" sarlavhali maqolasi bilan tanishishingiz mumkin.
Bugun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Mis eritish zavodi o‘zining 60 yilligini nishonlamoqda.
OKMK Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasining 4-Temiryo‘l sexi jamoasi zimmasiga temir yo‘llar, sun'iy inshootlarning kapital qurilishi va ularni saqlab borish, turli o‘lchamlardagi shag‘a l va qumlar ishlab chiqarish hamda ta'mir ishlarini olib borish vazifasi yuklatilgan.