Call-markaz
Ishonch telefoni
OKMKning barcha bo‘g‘in va yo‘nalishlaridagi ish jarayonini atroflicha o‘rganish orqaligina ushbu ulkan sanoat majmuasining raqamlashtirish strategiyasini amalga oshirish mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 12.04.2022 yildagi 178 son qarori bilan VMning 2.03.2017 yildagi «Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 116-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi.
Qalmoqqir koni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ishlab chiqarish zanjirida dastlabki bo‘g‘in hisoblanadi. Ma'danlar aynan shu yerdan qazib olinadi va kon ekskavatorlari yordamida elektravozlarga yuklanib, maydalash uchun Mis boyitish fabrikasiga jo‘natiladi.
Xabaringiz bor, 2021-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘RQ-694-sonli Qonuni bilan 15-aprel sanasi “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda.
OKMK boshqaruv raisining xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan aprel oyida amalga oshiriladigan profilaktik chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, 12 aprel kuni 2-Mis boyitish fabrikasi va Ixtisoslashtirilgan ta'mir ishlar boshqarmasi hamkorligida tadbir tashkil etildi.
Temir yo‘llar mamlakat iqtisodiyotining qon tomirlariga qiyoslanadi. Bugungi kunda “Olmaliq KMK” AJ temir yo‘llarida xizmat ko‘rsatish sifat va samaradorligining zamon talablari asosida rivojlanayotganligini yuk tashish hajmining kundan-kunga o‘sib borayotganligidan ham ko‘rishimiz mumkin.
Mamlakatimiz Prezidentining “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, kombinatning ikkinchi metallurgiya korxonasi hisoblangan Rux zavodida amalga oshirilgan ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish ishlari bugun o‘z samarasini bermoqda.
Kuni kecha Toshkent kimyo-texnologiya instituti silikat materiallar, noyob va kamyob metallar texnologiyasi kafedrasining 3-bosqich talabalari uchun sanoat ekskursiyasi tashkil etildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi texnologik jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sir emas texnologik uskunalar ma'lum vaqt ishlagandan so‘ng, profilaktika tekshiruvlari va turli xil rejali ta'mirlash ishlari olib boriladi.
Joriy yilning 14-17 aprel kunlari Navoiy shahrida sportning texnik turlaridan sanalgan motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 3-bosqichi bo‘lib o‘tdi.