Call-markaz
Ishonch telefoni
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahalliylashtirish dasturi samarali amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 1-chorak natijalariga ko‘ra, dastur doirasida 93 ta loyiha bo‘yicha 312,4 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, prognoz 104%ga bajarildi. Import o‘rnini bosish samaradorligi esa 24 mln dollarni tashkil qildi.
Dunyoning ilg‘or kompaniyalarining kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ta'lim metodologiyalari asosida faoliyat yuritib kelayotgan OKMK O‘quv markazining Muhandislik maktabida nafaqat kombinat ishchi-xodimlari malaka oshirishmoqda balki xorijlik mutaxassislar ham o‘qitilmoqda.
Bundan 70 yil avval, aniqrog‘i 1955-yil 1-aprel kuni sex sifatida o‘z faoliyatini boshlagan Sanoat suv ta'minoti boshqarmasi mehnat jamoasi kombinat ishlab texnologik ishlab chiqarish zanjirida muhim ahamiyat kasb etadi.
OKMKning suv resurslariga bo‘lgan ehtiyojlari Sanoat suv ta'minoti boshqarmasi tomonidan qondiriladi.
Kuni-kecha Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyatining tashabbusi bilan xalqaro hamkorlik sohasida ayol-liderlar hamjamiyatining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvga shahar va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidagi faol, o‘z sohasining yetakchi vakilalari bo‘lgan xotin-qizlar taklif etildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida transformatsiya jarayonlarini amalga oshirilishi bo‘yicha infografika
Joriy yilning 14-15 aprel kunlari O‘quv markazi Muhandislik maktabining texnik xodimlari, o‘qituvchi va tinglovchilari uchun birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy seminar trening o‘tkazildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2025 yilning birinchi choragida barcha ishlab chiqarish rejalari ortig‘i bilan bajarildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Germaniya davlatinining yirik kompaniyalari, moliya tashkilotlari hamda banklari bilan ko‘p yillardan buyon hamkorlik qilib kelmoqda.
Transformatsiya jarayoni kombinatda qaysi yo‘nalishlarda olib borilayapti? Transformatsiya nima, shu va boshqa savollarga javobni OKMK ESG va xalqaro reytinglar, transformatsiya loyiha ofisi, Strategiya va operatsion samaradorlikni oshirish bo‘limi boshlig‘i Boburjon Siddiqjonov taqdim etgan ma'lumotlardan to‘liq olishingiz mumkin.
Har qanday kitob insoniyat rivojlanishiga xizmat qilishi kerak.