Call-markaz
Ishonch telefoni
Uch ming nafardan ziyod ishchi-xodimlarni o‘zida jipslashtirgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi bugun OKMK erishayotgan har bir muvaffaqiyatda o‘zining munosib hissasiga egaki, bu korxonaning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarida yana bir bor namoyon bo‘lmoqda.
Oltinga nisabatan yer yuzida uch barobar kamroq uchraydigan bu nodir metall endi O‘zbekistonda ham ishlab chiqarila boshlanadi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyatining tashabbusi hamda kombinat olimlari, mutaxassislarining uzoq yillik izlanishlari, ilmiy tadqiqotlari tufayli platina metallini ishlab chiqarish texnologiyasi uchun mualliflik huquqi qo‘lga kiritildi.
Joriy yilning 30 iyun kuni OKMK boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov hamda kombinat tarkibiy bo‘linma rahbarlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Kuni kecha Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi muhandis-texnik xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Ayni damda poytaxtimiz Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar sanoat vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Kuni kecha Rossiyaning MTTU “MISiS”ning Olmaliq filialida kombinat rahbariyati bilan kombinat bo‘limlarida ishlayotgan mazkur ta'lim muassasasining sobiq bitiruvchilari o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda samarador yo‘nalishdagi mis klasterini yaratish strategiyasi ishlab chiqilgan.
“Olmaliq KMK” Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish Birlashmasida xizmat olib borayotgan Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatining 9-komanda 4-guruh shaxsiy tarkibi xodimlari o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbiri o‘tkazildi.
Mamlakatimiz iqtisodiy qudratining yuksalishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ijtimoiy sohaga ham alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.