Call-markaz
Ishonch telefoni
“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar zamirida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalasi yotibdi. Olib borilayotgan islohotlar inson manfaatlariga yo‘naltirilgan.
Joriy yilning 26 iyul kuni Toshkent shahrida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O’quv markazi va Italiyaning Piza universitetining Toshkent shahridagi filiali mas'ullarining o’zaro uchrashuvi bo'lib o'tdi.
OKMK Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi hamda Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasining Tikuv mahsulotlari ishlab chiqarish sexi mutaxassislari bilan hamkorlikda yangi turdagi maxsus uniformalarning namunalari ishlab chiqildi.
Jizzax sement zavodida Xalqaro ISO 9001 standarti talablari asosida sifat menejmenti tizimi 2016 yilda joriy qilingan va o‘tgan davr mobaynida kuzatuv audit natijalari yaxshi baholanib kelingan.
Kuni kecha Mis boyitish fabrikasi kran mashinistlari o‘rtasida “Eng yaxshi kran mashinisti” kasb-mahorat tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mis boyitish fabrikasi OKMKda mis molibden konsentratini yetkazib berishda ilg‘orlardan sanaladi.
Ayni paytda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tasarrufidagi «Gulzor» yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida 308 nafar qoraqalpog‘istonlik bolalar dam olmoqda.
Joriy yilda o‘zbek futboliga asos solinganiga 110 yil to‘ladi. Ushbu sana munosabati bilan joylarda tadbirlar tashkil etilmoqda.
“Olmaliq KMK” AJning eng yetakchi ta'mir-montaj va pudratchi tashkilotlaridan biri hisoblangan Ixtisoslashtirilgan ta'mir ishlari boshqarmasi texnologik qurilmalarda kapital va joriy ta'mir ishlarini amalga oshirish, gaz tozalash va ventilyatsiya jihozlari hamda temir-beton qurilmalarini tayyorlash kabi vazifalarni sharaf bilan uddalab kelmoqda.