Call-markaz
Ishonch telefoni
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati barcha ishlab chiqarish vazifalarini bajarish barobarida ijtimoiy sohani ham faol ravishda qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Joriy yilning 28-30 aprel kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-sanoat aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi noyob imkoniyat bo‘lgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” beshinchi yubiley xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Loyiha doirasida hozirgi kunda “Yoshlik I” konining “Shimoliy-g‘arbiy Baliqti” va “Barakali” karyerlarida qizg‘in ishlar ketmoqda.
Prezidentimizning 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ko‘ra, Jamoaviy sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishni tashkil qilish hamda ushbu sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Yo‘l xaritasida korxona tashkilotlarda Xodimlar o‘rtasida jamoaviy sport turlari bo‘yicha “Rahbar kubogi” musobaqasini tashkil etish belgilangan.
Ayni kunlarda Rux zavodida 6-sonli Sulfat kislotasi sexini barpo etish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Sexning qurilish, montaj ishlari “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti hamda Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.
Kuni kecha Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida kombinat Axborot texnologiyalari bo‘yicha mas'ullari hamda texnika fanlari doktori, Xolon texnologiya universiteti (Isroil) va Soka universiteti (Yaponiya) professori Avazjon Marahimov, texnika fanlari doktori, professor Erkin O‘ljayev, Toshkent davlat texnika universitetining professorlari va ushbu oliygoh vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Ma'lumki, Ayni kunlarda poytaxtimizda o‘tkazilayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” V Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi davomida MISiS Fan va texnologiyalar universiteti rektori Alevtina Chernikova va "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ boshqaruv raisi Abdulla Xursanov o‘rtasida mazkur maktab faoliyatini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan MISiS Fan va texnologiyalar universiteti va OKMK hamkorligida "GeoMetTex" ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etilmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda Germaniya davlatining yetakchi kompaniyalari, moliya va bank tashkilotlari, o‘quv muassasalari o‘rtasida yildan-yilga o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Mazkur hamkorlik aloqalari doirasida joriy yilning 25-aprel kuni Germaniyaning KME Group kompaniyasi vakillari OKMKda bo‘lishdi.
Yil sayin ishlab chiqarish salohiyati oshib borayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ko‘plab innovatsion g‘oyalar hamda ratsionalizatorlik takliflariga hammualliflik qilmoqda.
Korxonadagi mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini yangi texnologiyalar asosida qayta jihozlash energiya samaradorligini oshirib, ishchi kuchi mehnatini yengillashtiradi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati olimlari va mutaxassislarining uzoq yillik izlanishlari natijasida 2021-yilda reniy metalli 99,9% sof holda olingan edi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Finlandiyaning Metso kompaniyasi bilan ko‘p yillardan buyon o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.
Sanoat va ta’lim integratsiyasi bu - oʻquv dasturlarini real ehtiyojlarga moslashtirish, talabalarning nazariy bilimlarini ishlab chiqarishda mustahkamlash, korxonalar uchun oʻzlariga zarur boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash jarayonida bevosita ishtirok etish imkoniyatidir.