Call-markaz
Ishonch telefoni
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2024-yilning dastlabki oyida barcha ishlab chiqarish prognozlarining bajarilishi ta'minlandi.
Joriy yilning 8-fevral kuni “Metallurg” madaniyat saroyida "Olmaliq KMK" AJ Ma'naviyat va ma'rifat kengashi tashabbusi bilan buyuk mutafakkir va davlat arbobi, she'riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan "Vatan ostonadan, bilim kitobdan boshlanadi" shiori ostida “Bedor qalblar” nomli adabiy kecha tashkil etildi.
Ma'lumki, Angren kon boshqarmasining Oltin saralash fabrikasi Angren ruda kon maydonining “Ko‘ch-Buloq”, “Qizil-Olma” va “Qayrag‘och”, “Samarcho‘q” konlari rudalarini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan.
Kuni kecha Mis boyitish fabrikasida oʻtkazilgan "Ochiq eshiklar kuni" da Viloyat Davletova boshchiligidagi OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Gender tenglikni ta'minlash boʻyicha komissiyasi tomonidan fabrika ayollari faoliyati oʻrganildi.
Ma'lumki, ayni kunlarda kombinat tarkibiy bo‘linmalarida 2023-yilda jamoa shartnomasi bajarilishi yuzasidan mehnat jamoalari konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘tgan yili “Olmaliq KMK” AJ tomonidan 420 milliard so‘mdan ortiq mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘lingan bo‘lsa, ushbu mahsulotlarning asosiy qismi Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi tomonidan tayyorlandi.
«Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2024 yil 10 fevral kungi 30 (1091)-sonida chop etilgan OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning “To‘rtta yirik kompaniya: boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar iqtisodiyotga qanchalik foyda keltiradi?” nomli maqolasini o‘qishingiz mumkin.
2024-yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish reja ko‘rsatkichlariga asosan, “Olmaliq KMK” AJ 2-Mis boyitish fabrikasi tomonidan jami 4 700 ming tonna miqdorida xom ashyoni qayta ishlash ko‘zda tutilgan bo‘lsa, uning 4 030 ming tonnasini “Sariq-cho‘qqi” karyeri ma'dani va 670 ming tonnasini Mis eritish zavodi toshqollari tashkil qiladi.
Har qanday sanoat korxonasi taraqqiyotini o‘z kasbining ustasi, har tomonlama yetuk, zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni puxta o‘zlashtirgan muhandis texnik xodimlar belgilab beradi.
Avtomobil transport boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan bir guruh ishchi-xodimlar va yoshlarni kombinatda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida sanoat ekskursiyasi tashkil etildi.