Call-markaz
Ishonch telefoni
Joriy yilning 6-7 dekabr kunlari “Vatanparvar” tashkilotining Respublika texnik va amaliy sport turlari markazida supermotokross bo‘yicha sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar o‘zaro bellashdilar. Ahamiyatlisi turnirda Toshkent viloyati sharafini Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ijtimoiy obyektlar boshqarmasining texnik-sport klubi jamoasi himoya qildi.
Joriy yilning 13-dekabr kuni “Metallurg” madaniyat saroyining 60 yilligi keng nishonlandi.
Temir yo‘lni bejiz iqtisodiyotning qon tomiriga qiyoslashmaydi. Zero, bu soha rivoji yo‘lida bosib o‘tilgan har bir qadam aholi farovonligini ta'minlash barobarida mamlakat iqtisodiyotining yuksalishi, hukumatimiz tomonidan belgilab berilgan yirik investitsiyaviy dasturlar ijrosi yo‘lida ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Ma'lumki, joriy yilning 10-13 dekabr kunlari Toshkent shahrida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
2024-yil 17-dekabr Muhandislik maktabida Yaponiyaning AKITA Universiteti professori Yasushi Takasaki ishtirokida Zoom platformasi orqali onlayn tarzda kombinat tarkibiy bo‘linmalari mutaxassislari hamda «Metallurgiya» yo‘nalishida malaka oshirayotgan maktab tinglovchilari uchun «Pirometallurgiya usulida mis ishlab chiqarish» mavzusida vebinar tashkil etildi.
Ma'lumki, dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi.
Mis eritish zavodiga yetkazib berilgan konsentrat 113,5 ming tonnani tashkil etdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2017-yildan buyon "Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish" yirik investitsiya loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu loyiha mavjud ruda qazib olish va qayta ishlash hajmini 2,5 baravarga oshirish imkonini beradi.
2030-yilga borib OKMKda ishlab chiqarish quvvatlarini, jumladan misni 500 ming tonnaga oshirish maqsad qilingan.
2024-yil yanvar oyida Xondiza kon boshqarmasida 200 o‘rinli yotoqxona foydalanishga topshirildi. Mazkur yotoqxona uzoq masofadan kelib konda ishlaydigan ishchi-xodimlar uchun mo‘ljallangan.