Call-markaz
Ishonch telefoni
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati olimlari va mutaxassislarining uzoq yillik izlanishlari natijasida 2021-yilda reniy metalli 99,9% sof holda olingan edi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
OKMK AJ Mis boyitish fabrikasi yoshlari o‘rtasida 28-aprel "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni"ga bag‘ishlab, "Mehnat muhofazasi bilimdonligi bo‘yicha eng yaxshi sex-2025" tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Korxonadagi mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini yangi texnologiyalar asosida qayta jihozlash energiya samaradorligini oshirib, ishchi kuchi mehnatini yengillashtiradi.
Yil sayin ishlab chiqarish salohiyati oshib borayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ko‘plab innovatsion g‘oyalar hamda ratsionalizatorlik takliflariga hammualliflik qilmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda Germaniya davlatining yetakchi kompaniyalari, moliya va bank tashkilotlari, o‘quv muassasalari o‘rtasida yildan-yilga o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Mazkur hamkorlik aloqalari doirasida joriy yilning 25-aprel kuni Germaniyaning KME Group kompaniyasi vakillari OKMKda bo‘lishdi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan MISiS Fan va texnologiyalar universiteti va OKMK hamkorligida "GeoMetTex" ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etilmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan MISiS Fan va texnologiyalar universiteti va OKMK hamkorligida "GeoMetTex" ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etilmoqda. Ayni kunlarda poytaxtimizda o‘tkazilayotgan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-sanoat hamkorligining muhim tadbiri — "INNOPROM. Markaziy Osiyo" V Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi davomida MISiS Fan va texnologiyalar universiteti rektori Alevtina Chernikova va "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ boshqaruv raisi Abdulla Xursanov o‘rtasida mazkur maktab faoliyatini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.
Ma'lumki, Ayni kunlarda poytaxtimizda o‘tkazilayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” V Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi davomida MISiS Fan va texnologiyalar universiteti rektori Alevtina Chernikova va "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ boshqaruv raisi Abdulla Xursanov o‘rtasida mazkur maktab faoliyatini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.
Kuni kecha Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida kombinat Axborot texnologiyalari bo‘yicha mas'ullari hamda texnika fanlari doktori, Xolon texnologiya universiteti (Isroil) va Soka universiteti (Yaponiya) professori Avazjon Marahimov, texnika fanlari doktori, professor Erkin O‘ljayev, Toshkent davlat texnika universitetining professorlari va ushbu oliygoh vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.