Call-markaz
Ishonch telefoni
Joriy yilning 22-avgust kuni “Mis eritish zavodi kasaba uyushmasi tashkilotining faoliyati ish tajribasi" mavzusida seminar tashkil etildi.
Kecha shahrimizdagi OKMK sport majmuasida "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” degan ezgu g‘oya ostida mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi keng nishonlandi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi arafasida Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasi mehnat jamoasi muddatidan avval belgilangan prognoz rejasini bajarishga muvaffaq bo‘lishdi.
OKMK boshqaruvi raisining 2022-yil 31-avgustdagi 1037-son buyrug‘iga muvofiq tuzilgan ishchi guruh tomonidan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy muhit, yoshlar masalalari hamda turli ko‘rinishdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
Xondiza kon boshqarmasi Yoshlar ittifoqi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqiligining 32 yilligi munosabati bilan sportning mini futbol va shashka turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi ayyomi arafasida Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi tasarrufidagi 33-sonli “Ertak” nomidagi maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
OKMK rahbariyati tomonidan nuroniylarning holidan xabar olish, ularga e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish yaxshi bir an'anaga aylangan. Istiqlol ayyomi arafasida OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov shahrimizning “Chambil” mahallasida istiqomat qiluvchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ashir ota Usarovning xonadonida bo‘lib, otaxonni mustaqillik bayrami bilan muborakbod etdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan har bir bayram arafasida muhtojlar holida xabar olish va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish an'anaga aylangan.
O’zbekiston kubogi, chorak final doirasida OKMK o’z maydonida Urganchning «Xorazm» jamoasini qabul qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizning mis sanoatidan olgan daromadi ayni paytda 2,5 milliard dollarni tashkil etadi.
Bugun poytaxtimizda O‘zbekiston-Xitoy biznes forumi tashkil etilib, forum doirasida “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusining 10 yilligiga bag‘ishlangan tadbirning ochilish marosimi hamda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha konferensiya o‘tkazildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2023-yilning 8 oyi davomida barcha ishlab chiqarish rejalari bajarildi.