Call-markaz
Ishonch telefoni
Kuni kecha Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida "Portlash-yonish xavfi mavjud obyektlarda avariyalar yuz berganida avariya-qutqaruv va kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni tashkil qilish va amalga oshirish" mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining moliyaviy ko‘magi asosida Namangan viloyati Chodak qishlog‘ida yana bir tikuvchilik fabrikasi foydalanishga topshirildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2024 yilning 2 oyi davomida barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishi ta'minlandi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan yanvar-fevral holati bo‘yicha 81 989 000 dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 101,3%ga bajarildi.
Joriy yilning 12 mart kuni Geologiya fanlari universitetida O‘zbekistonda litiy kuni (Lithium day Uzbekistan 2024) konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 12 mart kuni “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisi "Navro‘z" umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyruqqa imzo chekdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida o‘tkazilgan “Ayolga ehtirom” haftaligi doirasida Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasining 21-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida "Kasbim-faxrim" ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Joriy yilning 13-14 mart kunlari “Metallurg” MSda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashkil topganligining 75 yilligi munosabati bilan kombinat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun korxona faoliyati noan'anaviy tarzda tanishtirildi.
Joriy yilning 13 mart kuni 2-Mis boyitish fabrikasida “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash birinchi navbatda” mavzusida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahalliylashtirish dasturi samarali amalga oshirib kelinmoqda.
Joriy yilning 13 mart kuni Geologiya fanlari universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Leyla Sharafutdinova, marketing bo‘limi boshlig‘i Husan Muqimov, dekan Bahrom Urunovlar OKMKga tashrif buyurishdi.