Call-markaz
Ishonch telefoni
OKMK "Olmalikmetallurgqurilish" tresti qurilish materialari va konstruksiyalari ishlab chiqarish boshqarmasining Sanoat al'pinizmi uchastkasida faoliyat yurituvchi sanoat al'pinistlari o‘rtasida “Eng mohir alpinist” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirib kelinayotgan mahalliylashtirish dasturining bosh ijrochisi Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi hisoblansada, zavodda esa dasturning asosiy ijrochisi Mexanika-yig‘uv sexi sanaladi.
Har qanday mamlakat milliy boyligining ortishi, uning iqtisodiy o‘sishi faqat tabiiy resurslar hisobidan emas, balki ishlab chiqarishda foydalanilayotgan texnika va texnologiyasining rivojlanganlik darajasiga ham bog‘liq.
OKMK rahbariyati tashabbusi bilan yaqin kunlarda kombinat tarkibiy bo‘linmalari ishchi-xodimlarining uniforma(maxsus kiyim)lari bosqichma-bosqich to‘liq yangilanadi.
Dam olish kunlarini kombinat ishchi-xodimlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari hamda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan OKMK rahbariyati va kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan “Metallurg” MSda tashkil etilgan “Xazon bo‘lgan umr” spektakli barchada katta taassurot qoldirdi.
Bugun OKMK ijro apparatida kombinat boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov boshchiligida joriy yilning o‘tgan 4 oyi yakunlari hamda kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Aprel oyida mamlakatimizda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik tufayli yo‘llarda chuqurchalar paydo bo‘lib, bu esa yo‘llarda harakatlanayotgan avtomobillarga noqulaylik tug‘dira boshladi.
OKMK Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi ish rejasiga muvofiq, boshqarma ishchi-xodimlari o‘rtasida shashka bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Har bir bayram arafasida OKMK rahbariyati va kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tashabbusi bilan bir qator xayrli ishlar amalga oshirib kelinadi. Jumladan, 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan OKMK xodimlar kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan 163 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj pensionerlarga, 35 nafar boquvchisini yo‘qotgan oilalarga oziq-ovqat jamlanmalari tuhfa etildi.
Mis-qo‘rg‘oshin-rux polimetall rudalarini qayta ishlashga ixtisoslashgan “Olmaliq KMK” AJ Xondiza kon boshqarmasining Xondiza boyitish fabrikasi bir necha bosqichli texnologik jarayonlarni o‘zida mujassam etuvchi jamoaviy va sellektiv flotatsiyalash amalga oshiriladigan mamlakatimizdagi yagona boyitish korxonasi hisoblanadi.