Call-markaz
Ishonch telefoni
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh mezoni “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyilning amaldagi ifodasini har bir bayram arafasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan bajarilayotgan xayrli ishlar misolida ko‘rishimiz mumkin.
Olmaliq kon metallurgiya kombinati nafaqat ishlab chiqarishda ilg‘or, balki ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlashda ham alohida jonbozlik ko‘rsatib keladi.
Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yillar davomida to‘plangan texnogen chiqindilarni qayta ishlashga katta e'tibor qaratgan. Chiqindilarni qayta ishlashga jalb etish samarali ekanligi o‘z isbotini topdi.
Kombinat mutaxassislarining sa'y-harakatlari va izlanishlari evaziga nodir metall mahsulotlari uchun umume'tirof etilgan xalqaro ISO 9001-2015 standart sertifikati qo‘lga kiritildi.
Xabaringiz bor, 2022 yil 29 avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farmoniga koʻra, mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan turli soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
Joriy yilning 29 avgust kuni OKMK Kasaba uyushmasi tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi xayrli tadbirda 300 nafar bolajonlarga o‘quv qurollari jamlanmasi topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyrug‘iga ko‘ra, hamkor tashkilotlarning rahbarlariga «Namunali xizmatlari uchun» ko‘krak nishonlari topshirilmoqda.
Mana bir necha yillardan buyon Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bir qator yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan doimiy ravishda manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.
2022 yil yanvar-avgust holatiga ko‘ra, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan barcha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bajarildi.
2022 yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 698 877 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirildi. Rejaviy vazifa esa 128,8%ga bajarildi.