Call-markaz
Ishonch telefoni
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2022-yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, barcha ishlab chiqarish vazifalari bajarilishiga erishildi.
Xabaringiz bor, OKMK boshqaruvi raisi A.Xursanovning joriy yilning 31 avgustdagi buyrug‘iga ko‘ra, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
2022-yil 3-oktabr kuni “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi A.Xursanov “Davlat tili bayrami kunini nishonlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyruqqa imzo chekdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ilm fan va ishlab chiqarish integratsiyasining samarali mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.
Olmaliq kon metallurgiya kombinatida jadal sur’atlarda olib borilayotgan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi asosida ishlab chiqarish quvvatlari bir necha barobarga oshirilishi kutilmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy yilning 9 oyida 772 529 000 dollarlik mahsulotlar eksport qilinib, reja 125,4%ga bajarildi
Ayni kunlarda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” nodavlat ta'lim muassasasida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ xodimlari kasaba uyushmasi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari malaka oshirish o‘quv kurslarida ishtirok etishmoqda.
Joriy yilning 4-oktabr kuni “Raqamli O‘zbekiston–2030" Konsepsiyasi doirasida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” va “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatlarida amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil “Mis sanoati klasteri uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda sohada tajriba-konstruktorlik va ilmiy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilanganidek, bugun mamlakatimizda kon-metallurgiya sanoati va unga bog‘liq sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasining samarali mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan. Kombinat olimlari va mutaxassislari tomonidan olib borilgan tadqiqot va izlanishlar natijasida har yili yangi turdagi mahsulotlar olinmoqda. Kuni kecha kombinatning Chirchiq shahrida joylashgan Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida yangi turdagi – kompozit qotishmalar (metall keramika) – mahsulotlar o‘zlashtirildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan amalga oshirilayotgan megaloyiha sifatida e'tirof etilayotgan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasi doirasida, mazkur kon va 3-mis boyitish fabrikasiga tashqi elektr ta'minoti obyektlarini qurish uchun tanlov o‘tkazilib, “O’zelektroapparat-Electroshield” kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi. Ayni kunlarda MDH davlatlarida yagona, kuchlanish sinfi 500/110 kV bo‘lgan 1-raqamli iste’mol nimstansiyasini qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Har qanday inson ulug‘ manzil qarshisida turar ekan, bu yo‘l oson va samarali kechishini birinchi navbatda orzu qiladi. Bunga erishishda esa shu sohaning yetuk mutaxassislari - murabbiylari kishining eng yaqin ko‘makchisiga aylanadi.