Call-markaz
Ishonch telefoni
Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mudiralari o‘rtasida “Yil mudirasi” kasb mahorat tanlovi tashkil etildi.
Ma'lumki, OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha mutaxassislarining tashabbuslariga ko‘ra, dala sharoitida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida bir qator tarkibiy bo‘linmalarda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazib kelinmoqda.
Ayni kunlarda mamlakatimizda “O‘zbekistonda Germaniya iqtisodiyoti kunlari” konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiya doirasida bugun Germaniyaning savdo sanoat palatasi tashqi savdo bo‘yicha bosh ijrochi direktori, boshqaruv kengashi a'zosi Folker Trayer boshchiligidagi delegatsiya Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurdi.
“O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” nodavlat ta'lim muassasasi Respublikamizda faoliyat yuritayotgan turli sohalardagi tarmoq kasaba uyushmalari kadrlari va faollarining malakasini oshirish bo‘yicha bevosita o‘quv kurslarini tashkil etib keladi.
“Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasining 1-bosqichini amalga oshirish doirasida ayni paytda 3-Mis boyitish fabrikasi qurilishi bilan parallel ravishda uskunalarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
“YANGI O'ZBEKISTON” gazetasining bugungi 190-sonida OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanovning “DAROMADNI QANDAY QILIB 8 MILLIARD DOLLARDAN OSHIRISH MUMKIN?” sarlavhali maqolasi bilan tanishishingiz mumkin.
OKMK tarkibiy bo‘linmalaridagi kasaba uyushmasi qo‘mitalari qoshida gender tengligini ta'minlash bo‘yicha komissiyalar faoliyat yuritib keladi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining asosiy tarkibiy bo‘linmalaridan sanalgan Rux zavodidagi texnologik ishlab chiqarish jarayoniga Energetika sexi mas'ul desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Kuni kecha Chodak kon boshqarmasida mustahkamlovchi kasbida ishlovchi ishchilar oʻrtasida "Eng yaxshi mustahkamlovchi" kasb mahorat tanlovi boʻlib oʻtdi.
OKMK boshqaruv raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari A.Azizov Fransiyada elektr energiyasi samaradorligi va avtomatlashtirish bo‘yicha kompleks yechimlarni ishlab chiqish hamda yetkazib berish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan hisoblangan Schneider Electric kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.