Call-markaz
Ishonch telefoni
Hukumat qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Davlat rahbari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 3-mis boyitish fabrikasi qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan “Metallurg” madaniyat saroyining qishki bog‘ida kombinat mehnat faxriylari hamda pensionerlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
O‘tgan 2021-yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan barcha ishlab chiqarish bashorat ko‘rsatkichlari oshig‘i bilan bajarildi.
“Olmaliq KMK” AJga kelib tushgan murojaatlar O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni hamda kombinatning ichki me'yoriy hujjatlari asosida ko‘rib chiqilmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 5 nafar xodimi uchun atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan edi. Kuni kecha ushbu o‘quv kurslarini tamomlagan tinglovchilarga O‘quv markazida sertifikatlar topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi «Yoshlik I» koni negizida «Olmaliq KMK» AJning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2807-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida kombinatda zamonaviy 550/110/10kV kuchlanishli «Texnologik»(Tukket) pasaytirib beruvchi elektr nimstansiyasi barpo etilmoqda.
O‘tgan 2021-yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan belgilangan vazifalar oshig‘i bilan bajarildi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish borasida ham kombinat tomonidan rekord natija qayd etilganini alohida ta'kidlash joiz.
OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov 2022-yil 8-yanvar kuni Mamlakatimizda “2022-yil -“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili" deb e'lon qilinishi hamda “14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Olmalik KMK” AJ yoshlarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida bayram tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 000024-sonli buyruqqa imzo chekdi.
2021-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrifi davomida kombinat tarkibida yangi Mashinasozlik zavodini barpo etish masalasi ham muhokama etilgan edi.