Call-markaz
Ishonch telefoni
Mis eritish zavodi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati kon qazib olish, boyitish, qayta ishlash kabi ishlab chiqarish jarayonlari zanjirining yakuniy hal qiluvchi muhim bo‘g‘indir.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ilmiy, bunyodkorlik salohiyati haqida gap ketganda uning ilg‘or tarkibiy bo‘g‘ini - Loyihalash ishlari boshqarmasining faoliyati ko‘zga tashlanadi.
Rivojlanayotgan davlatlarda innovatsion texnologiyalarga asoslangan, energiya tejamkor, ekologik xavfsiz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulot yetkazib berishning asosi sanaladi.
Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi. 16-18 mart kunlari butun mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi.
Bugun mamlakatimiz bo‘ylab Navro‘zi olam kezib yuribdi. Shahrimizda ham Navro‘z ayyomi katta tantanalar bilan nishonlandi. Bayram tadbirida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov va Olmaliq shahr hokimi Qobil Xamdamov ishtirok etishdi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Olmaliq shahar hokimligi hamkorligida o‘tkazilgan bayram tantanalari karnay-surnay sadolari ostida boshlandi.
Joriy yilning 18-mart kuni velosport boʻyicha Oʻzbekiston Milliy Terma Jamoasi va "Tashkent City Women Professional Cycling Team" jamoasi a’zolari trek boʻyicha Hindistonning Dehli shahridagi Osiyo Chempionatida va Gongkongdagi Jahon Kubogida qatnashib, zafarli yutuqlar bilan yurtimizga qaytib kelishdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan har bir bayram arafasida keksa avlod vakillari hamda mehnat faxriylariga, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga e'tibor va g‘amxo‘rlik yaxshi bir an'anaga aylangan.
Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 8000 dan oshiq ayollar mehnat qilib keladi. Ular orasida turli iqtidor egalari talaygina. Ana shunday har ishda faol bo‘lgan xodimalarni rag‘batlantirish maqsadida esa har yili an'anaviy tarzda “Kombinat go‘zali” tanlovi o‘tkazib kelinadi.
“Olmaliq KMK” AJ 2-Mis boyitish fabrikasining mazkur uchastkasi zimmasiga boyitish jarayonlarining chiqindilarini transportirovka qilish, ularni joylashtirish, pulpalarni tiniqlashtirish va aylanma texnik suvlar harakatini tashkil etishdek ma'suliyatli vazifa yuklatilgan.