Call-markaz
Ishonch telefoni
Joriy yilning 12-15 may kunlari Farg‘ona shahrida sportning belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar hamda ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga bir guruh elimiz tanigan shoirlar, adiblar tashrif buyurishdi.
Joriy yilning 16-may kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yuta shtati delegatsiyasi OKMKga tashrif buyurdi.
Ayni kunlarda Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalarining maktabga tayyorlov guruhlarida tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun bugungi kunlar unutilmas lahzalarga boy bo‘lmoqda. “Metallurg” madaniyat saroyida kichkintoylarga mo‘ljallangan “Teatr” haftaligi o‘tkazilmoqda.
Kombinatda yildan-yilga kengayib borayotgan ishlab chiqarish quvvatlari oʻz-oʻzidan yondosh tarmoqlarning rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishiga ham sabab boʻlyapti. Xususan, Loyiha ishlari boshqarmasi tomonidan 2-sonli birlashgan chiqindi to‘plash omboridan birinchi Mis boyitish fabrikasigacha bo‘lgan 4-magistral suv quvuri qurilishi bo‘yicha, loyiha tayyorlanib, oʻrnatish jarayonlari nihoyasiga yetmoqda.
O‘zbekiston konchilik va metallurgiya xodimlari kuni munosabati bilan shahar aholisi, ta'lim muassasalari va kombinati ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha “Rahbar kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Mamlakatimizda o‘quv yili yakunlanishi bilan yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari o‘z faoliyatini boshlaydi.
Joriy yilning 15-18 aprel kunlari "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ joriy etilgan sifat menejmenti tizimining ISO 9001:2015 xalqaro standartiga muvofiqligini yana bir bor tasdiqladi va 2024-yilda olingan sertifikatning birinchi kuzatuv auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
“Yoshlik 1” konini o‘zlashtirish investitsiyaviy loyihasi doirasida barpo etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasida qurilish-montaj ishlari ayni kunlarda yakuniy bosqichga kirgan bo‘lib, hozirda obyektlarni bosqichma-bosqich ishga tushirish ishlari olib borilmoqda.
20-may kuni OKMK va “GERMAN INDUSTRY AND COMMERCE” MCHJ oʻrtasida “Skills Expert Programm” loyihasini amalga oshirish boʻyicha axborot-marketing va maslahat xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida imzolangan kelishuvga muvofiq, mazkur tashkilot va “Markaziy Osiyo IHK” kompaniyalarining xorijiy vakillari kombinatga tashrif buyurishdi.
"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ joriy yilning 15-18 aprel kunlari sifat menejmenti tizimining ISO 9001:2015 xalqaro standartiga muvofiqligini yana bir bor tasdiqladi va 2024 yilda olingan sertifikatning birinchi kuzatuv auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi.