Call-markaz
Ishonch telefoni
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti borasida ham o‘tgan 7 oyda prognozlar bajarildi.
Joriy yilning 30-iyul kuni OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanov “Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligiga munosib tayyorgarlik ko‘rish va nishonlash to‘g‘risida”gi buyruqqa imzo chekdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi “Yoshlik I” koni negizida “Olmaliq KMK” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi va “Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, sanoat tarmoqlarini texnik va texnologik jihozlash jarayonini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari asosida amalga oshirilayotgan kombinat investitsiyaviy loyihalari doirasida bunyod etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasini qurish ishlari bugunga kelib tobora o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.
OKMKda faoliyat yuritib kelayotgan marksheyderlarning faoliyati davomida geodezik vazifalarni tezkorlik bilan bajarish maqsadida ular uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish boʻyicha oʻquv kursida oʻqitilmoqda.
Prezidentimizning 2018-yil 30-sentyabrdagi PQ-3954-son qarori asosida “Olmaliq KMK” AJning asosiy ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish dasturiga ko‘ra, ayni paytda Rux zavodida 6-sonli sulfat kislotasi sexini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti borasida o‘tgan 7 oyda prognozlar bajarildi. Jumladan, 354 682 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirildi. Belgilangan reja 113,6 foizga bajarildi.
Ma'lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasi jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida qurilayotgan yangi metallurgiya majmuasiga dunyoning ilg‘or kompaniyalari tomonidan zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilish maqsadida, OKMK va Metso (Germaniya, Finlyandiya) kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2024-yilning 9-avgustida EP shartlari bo‘yicha uskunalar va loyiha xizmatlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida O‘zbekiston mustaqilligining 33 yillik sanasi chinakam umumxalq bayrami, ozodlik va saodat ayyomi sifatida ko‘tarinki kayfiyatda kutib olinishi hamda mamlakatning bugungi taraqqiyot darajasi, yuksalish sur'atlariga munosib tarzda nishonlanishi belgilandi.
Ma'lumki, avgustning ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Sana munosabati bilan joriy yilning 9-avgust kuni OKMK bunyodkorlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Har qanday mahsulotning yuqori sifatli ekanligini, xalqaro standart talablariga javob berishini muvofiqlik sertifikatlari belgilab beradi.
Ma'lumki, Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Istiqlol ayyomining 33 yilligini munosib kutib olish maqsadida o‘tkaziladigan tashkiliy-amaliy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etadi.
Ma'lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va dunyoning yetakchi kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.