Call-markaz
Ishonch telefoni
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2025-yilning ilk oyida mahsulotlar eksporti bo‘yicha belgilangan vazifalar bajarilishiga erishildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy yilning yanvar oyida barcha ishlab chiqarish vazifalari bajarildi.
Davlatimiz rahbarining taklifiga asosan, 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e'lon qilinib, “yashil” texnologiyalarni joriy etish, suvni tejash, ko‘kalamzor hududlarni keskin ko‘paytirish, Orol fojeasining oqibatlarini yumshatish, chiqindilar muammosini hal qilish, eng muhimi, aholi salomatligini mustahkamlash kabi masalalar ustuvor vazifalar sifatida belgilab olindi.
6-fevral kuni Mis boyitish fabrikasida Olmaliq shahar Sanitar-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i Feruza Fozilmatova ishtirokida "Korxonada yuqumli kasalliklar kelib chiqishini oldini olish, dezinfeksiya tadbirlari, yuvinish xonalarini tozalashga qo'yiladigan gigiyenik talablar" mavzusida amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi.
2025-yil yanvar oyida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) 28,8 million dollarlik mahsulot eksport qildi.
2025–yilning 9-fevral kuni Kovuldi koni bo‘lim va uchastkalari o‘rtasida jamoaviy sport turi hisoblangan voleybol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Zamonaviy ta'lim tizimiga asoslangan holda faoliyat yuritib kelayotgan OKMK Muhandislik maktabida turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv dasturlari davom etmoqda.
Joriy yilning 11-fevral kuni Markaziy analitik laboratoriyasida Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashining ayollar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
"Olmaliq KMK" AJning "Yoshlik I" va "Qalmoqqir" konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning I bosqichi doirasida "Yoshlik I" konini (birinchi navbat) o‘zlashtirish" investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonida kon-transport majmuasini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi (KTM BAT) joriy etilmoqda. Ayni paytda EKG rusumli ekskavatorlar, SBSh burg‘ulash qurilmalari, BelAZ yuk mashinalari hamda konlarda ishlaydigan yo‘l-qurilish texnikalariga bort uskunalarini o‘rnatish ishlari yakunlanish bosqichiga yetgan.
“OKMK korxonalarini texnik qayta qurollantirish” dasturiga ko‘ra, Ohak zavodida quvurli aylanma pechining 2-tarmog‘i barpo etildi.
Mis eritish zavodida bo‘lib o‘tgan ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvda OKMK Ma'naviyat va ma'rifat kengashi, “Ma'rifat targ‘ibotchilari” jamiyati a'zolari, Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashi mas'ullari ishtirok etishdi.
Oʻquv Markazi Muhandislik maktabi tinglovchilari uchun muntazam tarzda xorijiy oqituvchilar tomonidan mashgʻulotlar va seminarlar oʻtkazib kelinmoqda.