Call-markaz
Ishonch telefoni
Zamon va davr talabiga mos keladigan bir necha loyihalarni amalga oshirishda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati miqyosida tashabbus ko‘rsatib kelayotgan O‘quv markazi faoliyati diqqatga sazovordir. Kombinatda xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, yangi ishga qabul qilingan ishchi-xodimlarni qayta tayyorlash, mehnatkashlarning nazariy va amaliy bilimlarini, mahoratlarini, ishlab chiqarish samaradorligi hamda ishlar sifatini oshirishni ta'minlaydigan tashkiliy, uslubiy va boshqa tadbirlarni amalga oshirish kabi vazifalar ish mohiyatining asosini tashkil qilgani holda O‘quv markazi yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etib kelmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ishlab chiqarishda yuqori samadorlikka erishish maqsadida dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan muntazam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.
Ko‘p ming sonli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi yilning 1-choragini sarhisob qildi.
Kuni kecha OKMK Jizzax sement zavodida “FVDT hududiy quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusidagi qo‘mondonlik – shtab o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 25-fevral kuni OKMK Portlatish materiallari zavodida taktik-maxsus o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Joriy yilning 28-fevral kuni OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga Janubiy Koreya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Shimoliy iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi raisi Pak Chon Su boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif buyurdi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish yuqori samaradorlikka erishishni ta'minlaydi.
OKMK mutaxassislari Andijon mexanika zavodi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda birinchi marotaba 15-1482 modelidagi ixtisoslashtirilgan yuk vagonining yangi turini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishdi.
Angren kon boshqarmasining “Qizil olma” koni, “Samarchuq” uchastkasi, kombinatning investitsiya dasturi doirasidagi yirik loyihalaridan biri sanaladi. “Samarchuq” uchastkasida yerosti konini qurish loyihasiga 2016-yildan start berilgan.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2022-yil yanvar-fevral holatiga ko‘ra, yuqori ishlab chiqarish samaradorligi qayd etildi.
2022-yilning 2-mart kuni “Metallurg” madaniyat saroyida OKMK rahbariyati hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti professor olimlari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.