Call-markaz
Ishonch telefoni
“Yoshlik 1” konini o‘zlashtirish investitsiyaviy loyihasi doirasida barpo etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasida qurilish-montaj ishlari ayni kunlarda yakuniy bosqichga kirgan bo‘lib, hozirda obyektlarni bosqichma-bosqich ishga tushirish ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 15-18 aprel kunlari "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ joriy etilgan sifat menejmenti tizimining ISO 9001:2015 xalqaro standartiga muvofiqligini yana bir bor tasdiqladi va 2024-yilda olingan sertifikatning birinchi kuzatuv auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Kombinatda yildan-yilga kengayib borayotgan ishlab chiqarish quvvatlari oʻz-oʻzidan yondosh tarmoqlarning rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishiga ham sabab boʻlyapti. Xususan, Loyiha ishlari boshqarmasi tomonidan 2-sonli birlashgan chiqindi to‘plash omboridan birinchi Mis boyitish fabrikasigacha bo‘lgan 4-magistral suv quvuri qurilishi bo‘yicha, loyiha tayyorlanib, oʻrnatish jarayonlari nihoyasiga yetmoqda.
Ayni kunlarda Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalarining maktabga tayyorlov guruhlarida tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun bugungi kunlar unutilmas lahzalarga boy bo‘lmoqda. “Metallurg” madaniyat saroyida kichkintoylarga mo‘ljallangan “Teatr” haftaligi o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 16-may kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yuta shtati delegatsiyasi OKMKga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga bir guruh elimiz tanigan shoirlar, adiblar tashrif buyurishdi.
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputatlaridan iborat deputatlar Toshkent viloyatining Xalq deputatlari Olmaliq shahar kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan munosib kutib olindi.
OKMK sport majmuasi hududida yana bir muhim infratuzilmaviy qadam qo‘yildi — OKMK sport majmuasi hududida sun’iy qoplamali yangi futbol maydonchasi barpo etilib, rasman foydalanishga topshirildi.
Respublika konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi hamda OKMK hamkorligida “Marhamat” tantanalar majmuida kombinat mehnat faxriylari uchun O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Ayni kunlarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni keng nishonlanmoqda.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli yozuvchi va dramaturg Nasrulla Qobil qalamiga mansub “O‘tkir tishli kuchukcha” nomli pyesa “Metallurg” MSda ilk bor sahnalashtirildi.
Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan joriy yilning 13-may kuni “Temiryo‘lchilar” saroyida Zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishi barobarida mahsulotlar eksporti vazifalari ham oshig‘i bilan uddalandi.