Call-markaz
Ishonch telefoni
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O‘quv markazi tomonidan kombinat ishchi-xodimlari, rahbarlar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Mamlakatimizda 2017 yildan buyon avgust oyining ikkinchi yakshanbasi “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida ham qurilish sohasi bilan bog‘liq bir qator tarkibiy bo‘linmalar faoliyat yuritib keladi. Bugun sana munosabati bilan kombinat bunyodkorlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Osiyo chempionlar ligasi dastlabki saralash bahsi doirasida OKMK va “Al-Sib” jamoalarining bosh murabbiylar va jamoa sardorlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan OKMK Ayollar kengashi tomonidan korxonalar va tarkibiy bo‘linmalarda " Yangi O‘zbekiston ayollar uchun imkoniyatlar davri" mavzusida ma'naviy ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Og‘irligi 200 tonnadan 750 tonnagacha bo‘lgan avtogigantlar Ruda qazib olish jarayonlarida ishtirok etar ekan, belgilangan manzilgacha kon yo‘llaridan o‘tib boradi.
Bu haqida joriy yilning 15-avgust kuni imzolangan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini o‘ttiz ikki yilligiga munosib tayyorgarlik ko‘rish va bayram tadbirlarini Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘ida belgilangan.
Mis eritish zavodining 60 yillik yubileyi munosabati bilan ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning 4 ta turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 473-sonli qaroriga binoan 2022-2026 yillarda «Olmaliq KMK» AJda umumiy quvvati 25,2 mln kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini joriy etish chora-tadbirlari ko‘zda tutilgan.
Joriy yilning 17-avgust kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga “Navoiyuran” davlat korxonasi vakillari tashrif buyurishdi.
Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy birlashmada mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi.
Ma'lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga manfaatli hamkorlik aloqalari yuzasidan ko‘plab davlatlardan qator delegatsiyalar va ishbilarmon doira vakillari kelishadi.