Call-markaz
Ishonch telefoni
Ma'lumki, Prezidentimizning 2023-yil 24-may sanasidagi “Ma'muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-76-sonli Farmoniga ko‘ra, 7 may sanasi O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanishi belgilangan.
9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bugun “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov shahrimizda istiqomat qiluvchi, 98 yoshni qarshi olgan, urush davri mehnat fronti faxriysi Usmon ota Nosirov xonadoniga tashrif buyurdi.
Joriy yilining 7-may kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari (komplayens-nazorat) xodimlari uchun “Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining samaradorligini oshirish: “e-anticor.uz” elektron platformasidan foydalanish, korrupsiyaviy havf-xatarlarni aniqlash va baholash masalalari” mavzusida onlayn seminar-trening o‘tkazildi.
OKMK jahonning qator xalqaro tashkilotlari va nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan doimiy hamkorlikni yo’lga qo’ygan.
“Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi apparati mas'ul xodimlari U.Djalilova, K.Maxatov, M.Mavlyanov, U.Alimovlar va Mis boyitish fabrikasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi komissiyalari tomonidan 2024-yil 19-apreldan 6-maygacha bo‘lgan davr mobaynida Ohak zavodi kasaba uyushma qo‘mitasiga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati va kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan har bir ayyom arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj va mehnat faxriylariga alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinadi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti borasida 2024-yil yanvar-aprel holati bo‘yicha prognoz 105%ga bajarildi. O‘tgan 4 oy mobaynida 177 786 000 dollarga mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
Suv ta'minoti va suvlarni chiqarib borish tizimlari har qanday korxona faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoat suv ta'minoti sexi “Olmaliq KMK” AJning ana shunday eng ahamiyatli yordamchi sexlaridan biri hisoblanadi.
Iqtisodiy o‘sish har qanday kompaniya uchun muhim ahamiyatga ega. Bu borada korxonalarni tranformatsiya qilish eng maqbul yechimdir. U Iqtisodiyotni jadallashtiruvchi institut sifatida ta'riflanadi. Mazkur tushunchaning naqadar ahamiyatli ekanligini tushunish har bir mutaxassis uchun zarur.
12-may “Xalqaro hamshiralar kuni” munosabati bilan Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi tasarrufidagi MTT larda mehnat faoliyatini olib borayotgan hamshiralar o‘rtasida “Yil hamshirasi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Ma'lumki, may oyining uchinchi yakshanbasi O‘zbekiston kon va metallurgiya sanoati xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida kasb bayrami arafasida Xitoy Xalq Respublikasining “Huigong (Hebei) Machinery Group Co., Ltd.” kompaniyasi bilan hamkorlikda “HG-AMMC” MChJ qo‘shma korxonasi qurilishiga start berildi.
O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati shahrimizdagi “Marhamat” tantanalar majmuida kombinat mehnat faxriylari uchun bayram dasturxoni yozildi.